Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
Xo’sh, «Yadrosiz zona»ning qanday mezonlari bor
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
Xo’sh, «Yadrosiz zona»ning qanday mezonlari bor Xalqaro amaliyotda bunday
hududlarni belgilashning yagona mezoni yo’q. CHunki har bir mintaqa o’z xususiyati va ahamiyatiga ega. Ammo, tadqiqotchilar yadrosiz zona tushunchasini shunday izohlaydilar: «Yadrosiz zona qurol-yarog’larni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlash va 1968 yilda imzolangan yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaning hayotga tatbiq etilishiga ko’maklashish vositasidir. Xalqaro shartnoma asosida yadro qurolini sinash, ishlab chikarish va joylashtirish taqiqlangan, shuningdek, uning hududida va unga qarshi yadro qurolini qo’llash taqiqlangan zona – yadrosiz zona xisoblanadi». 1999 yil 1 fevralda Toshkentda Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish to’g’risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish bo’yicha mintaqaviy ekspertlar guruhining 3 kunlik sessiyasi bo’lib o’tdi («Toshkent oqshomi», 1999 yil 3 fevralg’). Bugungi kunda yadrosiz zonalar butun yer sharining 70 foizini tashkil etadi. Dunyoning ko’pgina davlatlari yadrosiz zonalar haqidagi 6 ta shartnomani qo’llab-quvvatlamoqdalar. 1) Antarktida shartnomasi 1959 yil 1 dekabrda qabul qilindi va 1961 yil 3 iyunda kuchga kirgan.
2) Lotin Amerikasi va Karib havzasida yadro qurolini taqiqlash haqidagi Tlatelolko shartnomasi 1967 yil 14 fevralda qabul qilindi va u 1969 yil 25 aprelda kuchga kirgan. 3) Tinch okeanining janubiy qismini yadrosiz hududga aylantirish haqidagi Raroton shartnomasi 1985 yil 6 avgustda qabul qilindi va 1986 yil 11 dekabrda kuchga kirgan. 4) Janubiy-SHarqiy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantishsh haqidagi Bankok shartnomasi 1995 yil 15 dekabrda qabul qilindi. 5) Afrikani yadro qurolidan xoli hududga aylantirish haqidagi Pelindab shartnomasi 1999 yil 11 aprelda qabul qilindi. Majburiyatlari 7 ta. Yadro quroliga ega davlatlar (5 ta). Majburiyatlari 3 ta («Hayot va qonun», 2005, №2, 38-39 b.) . 6) Markaziy Osiyoda yadrosiz zona tashkil etish tug’risidagi Semipalatinsk (Qozog’iston) shartnomasi 2006 yil 8 sentyabrda qabul qilindi va Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat rahbarlari tomonidan imzolandi. Demak, dunyoning 110 mamlakati, ya’ni jahon hamjamiyatining yarmidan ko’pi yadro kurolidan butunlay voz kechish tarafdoridirlar (1. Sobirova SH. Yadro qurolidan xoli zona. Mahrifat, 2006, 12 iyulg’). Bundan maqsad, yadro quroli mavjud bo’lgan hududlarni cheklash, yadro urushi xavfini kamaytirishdir. Markaziy Osiyoda yadrosiz zona barpo etish haqidagi O’zbekiston tashabbusi BMT va jahon
jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab-kuvvatlanmokda. Bu taklif
BMT Bosh
Assambleyasining sessiyalarida muhokama qilindi va maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqadagina emas, balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugungi
kunda jahon
hamjamiyatida iqtisodiy, harbiy qudrat
bilan birgalikda mamlakatdagi demokratik jarayonlarning xarakteri bilan davlatlarning obro’-ehtibori 42 belgilanmoqda. SHu jihatdan olganda, O’zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin
egallashga va milliy manfaatlarimiz asosida tashqi siyosat yuritishga imkoniyat yaratmoqda. Bugungi
kunda jahon
hamjamiyatida iqtisodiy, harbiy qudrat
bilan birgalikda mamlakatdagi demokratik jarayonlarning xarakteri bilan davlatlarning obro’-ehtibori belgilanmoqda. SHu jihatdan olganda, O’zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin
egallashga va milliy manfaatlarimiz asosida tashqi siyosat yuritishga imkoniyat yaratmoqda. Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va Markaziy Osiyo davlatlari hududlarida tuzilgan quyidagi xalqaro va mintaqvaiy tashkilotlarni ko’rsatib o’tish mumkin: 1)
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling