1997 yil 19-20 iyul kunlari «6+2» guruhining Toshkentda dastlabki uchrashuvi bo’lib
o’tdi. Unda birinchi bor muxolif tomonlarning yuzma-yuz muzokara olib borishlari uchun imkon
yaratilganligini andjuman yakunida «Afg’oniston mojarosini tinch yo’l bilan hal etishning asosiy
printsiplari» haqida Deklaratsiyaning qabul qilinishini xalqaro jamoatchilik afg’on zaminida
tinchlik o’rnatish borasida tashlangan jiddiy qadam sifatida baholadi.
Mazkur anjuman O’zbekiston rahbariyatining ko’p yillik sahyi-harakatlari natijasi bo’ldi.
Afg’onistondagi urushning o’z vaqtida tinch yo’l bilan hal etilmasligi mintaqaviy va global
xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini oldindan ko’ra bilgan O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1993 va 1995 yilllardagi sessiyalarida, Yevropada
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammiti va boshqa qator muhim anjumanlarda xalqaro
hamjamiyat diqqat ehtiborini afg’on xalqini urush dahshatlaridan xalos etish, mojarolarni tinch
yo’l bilan hal qilish masalalariga jalb etgan edi.
1999 yil 19-20 iyulda Toshkent anjumanida «Afg’onistondagi mojaroni tinch yo’l bilan
bartaraf etishning asosiy tamoyillari to’g’risida»gi Toshkent Dekloratsiyasi imzolandi. Bu
hujjatda Afg’onistonda yangi hukumat tuzish, mojaroni tinch yo’l bilan hal etish, qachoqlarni
qaytarish, minalardan tozalash, umumiy bitim imzolash, moliyaviy yordam kabi mintaqabiy
dolzarb g’oyalar ko’tarilgan edi. Lekin 2001 yil 11 sentyabrda Umarshayx boshchiligidagi
tolibon qo’shinlari, islom ekstremistlari AQSHga terroristik xurujidan so’ng NATO blokiga ahzo
davlatlarning harbiy kuchlari Afg’onistonga kiritilib, islomiy tolibon qo’shinlari tor-mor
bo’lgach «6+2» guruhi o’z-o’zidan barham topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |