O’zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi.
Prezidentimiz asarlarida ta’kidlanganidek, "Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida
gapirganimizda eng avvalo BMT faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz". 1992 yil 2
martda O’zbekiston BMTga ahzo bo’ldi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT
rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga
bag’ishlangan xalqaro seminar o’tkazildi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq
mamlakati, AQSH, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Pokiston,
Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etdi. SHarqdan
Yaponiya, G’arbdan Germaniyani BMTning Xavfsizlik Kengashiga ahzo qilib saylash haqida
Prezidentimiz I.Karimov BMTning 1993, 1995 yillari 48, 50-sessiyalarida 2000 yili "Ming
yillik sammiti”da taklif qilgan edi.
O’zbekiston BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari bo’lgan YuNESKO, JSST, Xalqaro
mehnat tashkiloti, YuNKTAD, YuNISEF va boshqa tashkilotlar bilan keng hamkorlik ishlari
yurgizilmoqda.
Iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham yo’lga qo’yilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishga, integratsiyalashuvni ta’minlashda xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar: Xalqaro
valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
ham katta yordam ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |