Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


-Slayd DINLARARO BAFRIKENGLIK FOYASI


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

5-Slayd

DINLARARO BAFRIKENGLIK FOYASI

DINLARARO BAFRIKENGLIK - xilma-xil diniy ehtiqodga

ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va

niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.

Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida

mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol

yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog’liq

Turli konfessiyalarning

teng huquqliligi

Diniy ehtiqod

erkinligi

Turli konfessiyalarga

hurmat bilan qarash

Vijdon

erkinligi



Diniy qadriyatlarni

hurmatlash

O’zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan

hozirgi o’tish davrida diniy bag’rikenglik qanchalik muhim bo’lsa, diniy bag’rikenglik uchun

milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g’oyalari, o’z navbatida,

dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy

bag’rikenglik g’oyasini to’g’ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni ehtiqodidan qathiy

nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy

mutaassiblikka, ayirmachilikka hech qanday o’rin qolmaydi.

Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat SHarq emas, balki, Farb tsivilizatsiyasiga

mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga ehtiqod, anhana va urf-

odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o’zida aks ettiradi.

Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo’yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan,

O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O’rta Osiyo

yeparxiyasi, Yevangelg’ xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim katolik cherkovi, To’liq injil

xristianlar markazi, O’zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta

yahudiylar jamoasi,  7 ta bahoiylar jamoasi,  2 ta Krishnanani anglash jamiyati va 13 ta diniy

o’quv yurti (1 ta Islom masjidi,  10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to’liq injil xristianlari

seminariyasi) davlat ro’yxatidan o’tgan.

O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida

qo’llash mumkin

bo’lgan yangi

nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bag’rikenglik va millatlararo

totuvlikning tahminlangani, qolaversa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni

markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.

Dunyodagi musulmon mamlakatlarini 3 guruhga bo’lish mumkin:

1.

Islom mamlakatlari.



2.

Islom davlat dini mamlakatlari.

3.

Huquqiy demokratik musulmon davlatlari (Din davlatdan ajratilgan) O’zbekiston ana



shu 3-turdagi huquqiy demokratik musulmon davlatlari qatoridan joy olgan. Davlatimiz  diniy

tashkilotlar bilan quyidagi  tamoyillar asosida ish olib bormoqda:




57

1. Dindorlarning diniy tuyg’ularini hurmat qilish.

2. Diniy ehtiqodlarini fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish.

3. Diniy  qarashlarga  amal  qiluvchi  fuqarolarning ham,  ularga  amal  qilmaydigan

fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni  taqib qilishga yo’l qo’ymaslik.

4. Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy

uyushmalarning  imkoniyatlaridan  foydalanish  uchun  ular  bilan  muloqot  qilish  yo’llarini  izlash

zarurati.

5. Dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini ehtirof etish

kabilardir.

Xulosa  o’rnida  shuni  aytish  mumkinki,  milliy    bag’rikenglik - turli  millatga    mansub

kishilarning bir-birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va anhanalarini, milliy-madaniy

merosini hurmat qilishni, ularning shahni, qadr-qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali  amalga

oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bag’rikenglikni) anglatadi. Milliy bag’rikenglik bunga

zid  bo’lgan,  milliy  manfaatga  ziyon  yetkazish hisobiga  tahminlanmaydi.  U  turli  millat

manfaatlarini uyg’un ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling