Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


O’zbekioton Respublikasining "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonuni va


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

O’zbekioton Respublikasining "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonuni va

uning ijtimoiy-siyosiy jihatlari. 2000 yil 15 dekabrda bo’lib o’tgan O’zR Oliy Majlisining 4-

sessiyasida "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda

terrorizm siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti,

sog’ligiga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa ob’ektlarning yo’q qilinishi xavfini keltirib

chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir

harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni

murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga

putur  yetkazishga, qurolli mojarolarni chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini

qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zRsining javobgarlik

nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoyi qilmishlar deb

tahriflanadi. Mazkur qonunda davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi

vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning o’tkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida

yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar

huqukiy asoslab berilgan. O’zR JKga ko’ra terorchilik harakatlarini tayyorlash, sodir etish,

bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday yordam

berish harakatlari 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi aytilgan. Terrorchilik

harakatlari odam o’ldirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda esa 15-20 yilgacha ozodlikdan

mahrum etish jazolari bayon etilgan.

SHu boisdan ham ana shu "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonun Prezidentimiz

Islom Karimov tomonidan har tomonlama va chuqur asoslab berildi. haqiqatan ham XX asrda va

hozirgi davrda "ekstremizm",  "terrorizm" tushunchalari eng keng tarqalgan siyosiy so’zlar

qatoridan joy oldi. Terrorizm – insoniyat dushmani, taraqqiyot va yuksalishning kushandasi

hisoblanadi.

Demak, terrorizm davrning fojiali kushandasi ekan, unga qarshi kurash olib borish har bir

fuqaroning burchi bo’lishi kerak. Biz manbalardan shuni bilamizki, terrorizm: xalqaro,

mintaqaviy, milliy terrorizmga bo’linadi. Ana shu siyosiy va boshqa terrorizmga birgaligida

kurash borasida, Prezident Islom Karimov doimo xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda qilgan o’z

mahruzalarida bunga birgalikda kurash masalasini ilgari surib kelmoqda. SHanxay Hamkorlik

Tashkilotiga O’zbekistonning ahzo bo’lishida ham chuqur mahno bo’lib, bunda terrorizm, diniy

ekstremiz, separatizmga birgalikda kurash masalasiga alohida ehtibor berilgan. Toshkent

shahrida SHHTining Aksilterror markazining tashkil etilishi ham shundan dalolat beradi. Har bir

fuqaro bunga nisbatan siyosiy ongliligi bilan qarshi kurashmoq kerak.

2000 yil 6 sentyabrida Prezidentimiz Islom Karimovning “Terrorchi guruhlar tarkibiga

adashib kirib qolgan O’zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to’g’risida”gi

Farmoni hozirgi kunda ham amalda qo’llanilmoqda. Mazkur farmonda O’zbekistonga qo’shni

bo’lgan davlatlar hududidagi terrorchi guruhlar tarkibiga kirib qolgan, og’ir jinoyatlar sodir

etmagan, Vatanga, ota-onasi bag’riga qaytib, tinch hayot kechirishni niyat qilgan shaxslarga



59

yana bir imkoniyat berish, ularni behuda jabr tortishiga yo’l qo’ymaslik singari insonparvarlik

tuyg’usi ifodalandi.

2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ro’y bergan voqealar munosabati bilan

mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun o’tkazilgan matbuot anjumanidagi

bayonot va muxbirlarning savollariga Prezident Islom Karimov "Bizni tanlagan yo’limizdan

hech kim qaytarolmaydi" mavzuida suhbat o’tkazib, berilgan savollarga javob berdi. Suhbat

2005 yil 14 mayda Toshkent, Oqsaroy binosida bo’lib o’tdi. Andijon shahrida odamlar qurbon

bo’lishiga olib kelgan bir qator terrorchilik harakatlari vahshiylarcha bosqinchilik sodir etildi.

Oqibatda 169 kishi halok bO’ldi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O’zR

Jinoyat kodeksining terrorizm, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, ikki va undan ortiq

shaxsni qasddan o’ldirish, uyushgan jinoyi guruhlar tuzish, ommaviy tartibzizliklar uyushtirish,

garovga olish, qonunga xilof ravishda o’qotar qurollarini, o’qdori, portlovchi qurulmalarini

qo’lga kiritishga oid moddalar bo’yicha jinoyi ish qo’zg’otildi.  81 jinoyatchi qo’lga olingan.

Qo’lga olingan va halok bo’lganlarining 50 tasi O’zbekiston fuqarosi emasligi aniqlandi, 5 nafari

Qirg’iston fuqarosi bo’lib chiqdi. Jinoyatchilar xorijda ishlab chiqarilgan va raqamlari

o’chirilgan avtomatlar, to’pponchalar va snayperlik miltiqlari bilan qurollangan bo’lgan.

Terrorchilar jami 305 dona qurol-aslahani, shu jumladan 205 ta avtomat va 100 ta to’ppancha,

261 ta granata va boshqa qurollarni qo’lga kiritgan.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling