Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


– fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini 
o’rganish nafaqat tadqiqotchilar, balki davlat va nodavlat 
sohadagi amaliyotchilar uchun ham katta qiziqishga sabab 
bo’lmoqda. Fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat 
tomonidan berilayotgan e’tibor unga nisbatan qiziqishni yanada orttirib yubordi. 
Fuqarolik jamiyatining tarixidan ma’lumki, uning vujudga kelishida aynan iqtisodiy 
omilning o’rni nihoyatda yuksak bo’lgan[45; 18-б.]. Shu nuqtai nazardan fuqarolik 
jamiyatini to’laqonli anglash uchun uning iqtisodiy asoslarini atroflicha tushunish 
talab etiladi. Ma’lumki turli shakldagi mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish 
munosabatlari huquqiy davlatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Huquqiy davlatda 
mulk moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchilarga bevosita 
tegishli bo’lib, yakka holdagi ishlab chiqaruvchi o’z mehnati mahsulining egasi 
sifatida maydonga chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining tengligi, barcha 
sohalarda huquqning ustuvorligi, jamiyat farovonligining muttasil oshib borishi 
davlatning huquqiyligini namoyon etadi. 
Fuqarolik jamiyatining rivoj topishi uchun butun jamiyat uchun umumiy 
bo’lgan qadriyatlar shakllanishi talab etiladi. Bunday holatda jamiyat a’zolari 
umumjamoaga xos qadriyatlarga tayanadilar va ular o’rtasida o’zaro ishonch hissi 
shakllanadi, natijada jamiyatda yagona ma’naviy asos vujudga keladi. Biroq bozor 
munosabatlari rivoj topayotgan jamiyatlarga nazar tashlansa, ularda turli guruhlar, 
ya’ni rang-barang etnik guruhlardan tortib turli professional uyushmalarning 
muttasil ko’payib borishiga guvoh bo’lish mumkin. O’z-o’zidan ma’lumki, har bir 
guruhning o’z manfaati va maqsadlari mavjud. Fuqarolik jamiyati sharoitida ana shu 
guruhlarning maqsad va manfaatlari o’zaro to’qnash kelsa-da, bu jarayon 
jamiyatning parchalanishiga emas, aksincha, uning yaxlitligiga xizmat qiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling