Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Fuqarolik
jamiyatining rivojlantirish strategiyasi 20 chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Bularga quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin: 1. Hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy prinsipini amaliyotga tadbiq etishni yanada takomillashtirish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini amalda ta’minlash, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati organlari vakolatlari hamda nazorat doirasini aniq belgilab berish. 2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlarning mohiyati hamda ularning real natijalari aniq raqamlar orqali keng ochib berish. 3. Mamlakatimizda hozirgi qadar olib borilgan muhim tadbirlarni e’tirof etgan holda, sohani rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to’g’risidagi mavjud qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni, qator yangi qonunlarni qabul qilish. 4. Mamlakatimiz saylov tizimini shakllantirish, uni bosqichma-bosqich takomillashtirish borasida hozirga qadar erishilgan muvaffaqiyatlar tahlili tajribalaridan, shuningdek, rivojlangan davlatlarda bu borada erishilgan natijalardan ijodiy foydalanish asosida mamlakatimiz saylov tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish. 5. Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, o’zini o’zi boshqarish tizimining mamlakatimizga xos bo’lgan muhim bo’g’ini-mahalla instituti faoliyatini qonuniy asosga qo’yish borasidagi sa’y-harakatlar, ularning amaliy natijalari tahlil etish. Bu borada mamlakatimiz boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlari roli va ta’sirini yanada oshirish. 6. Yurtimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyot sohasining qonunchilik asoslarini takomillashtirish, bunda, ayniqsa, tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, xususiy mulk dahlsizligini ta’minlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan band qilish va boshqa shu kabi ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yechimi bo’yicha taklif va mulohazalarni ishlab chiqish. 21 Umuman olganda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvchini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar, ularni ijtimoiy jarayonga tadbiq etish faol fuqaroviylikni yuzaga kelishiga zamin yaratib, bu o’z o’zidan fuqarolik jamiyatini rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling