Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
– Fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslari
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
– Fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslari. Fuqarolik jamiyatining ma’naviy
hayoti bevosita odamlarning ma’naviy-axloqiy jihatlardan rivojlanishi, ularning ilmiy va badiiy ijodiyoti, madaniy rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bu sohadagi fuqarolik jamiyatining unsuri – bu so’z va vijdon erkinligidir. Ularni amalga oshirish alohida olingan shaxslarning o’z e’tiqodlarini himoya qilish, o’z fikrini oshkora ayta olish, o’z shaxsiy g’oya va konsepsiyalarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo’lish, ijodiy tashabbuskorlik va o’zini o’zi rivojlantirish uchun shart-shapoitlar yaratishni ifodalaydi. Bu soha o’z ichiga mustaqil faoliyat yuritadigan ijodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy, ma’rifiy va boshqa uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarni oladi (masalan, yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, uyushmalari, ilmiy hamjamiyatlar, madaniy va ma’rifiy tashkilotlar, diniy maskanlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Barchamiz bilamizki, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi bo’lgan ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdir. Shuning uchun yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko’tarish orqali komil insonlarni voyaga yetkazishga yuksak e’tibor berilmoqda. Vatanimizda sog’lom avlod harakatining keng tus olgani, kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug’vor maqsadni amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamlardir. Demak, fuqarolik jamiyatida komil inson tarbiyasi o’ta muhim va jiddiy masaladir. 33 Komil inson xarakteri qanday bo’lmog’i kerak, degan masala bilan Abu Nasr Forobiy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al Hakim at-Termiziy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa mutafakkirlar shug’ullanib, muhim xulosalarni bayon etganlar. Nihoyat, ulug’ vatandoshlarimiz Komil inson xarakteri ezgu va odil xislatlarni sanab sanog’iga yetish qiyin. Ammo uni uch xislatga jam qilganlar: “Saxo – bor narsani hech kimdan qizg’anmaslik; Safo – qalbni kibru-havo, gina-qudrat, qasd-g’azabdan poklash; Vafo – hamma vaqt xalq xizmatida bo’lish”. Shunday qilib, Saxovatlilik faqat moddiy yordam bilan yemas balki o’zgacha ilm ato yetish bilan ham bo’ladi. Safolik (poklik) yesa birovning qalbini nurga to’ldirish; Vafolik o’zganing baxtidan xushnud bo’lishdir. Demak, Komil inson o’z xarakteri bilan o’zgani tarbiyalaydi va o’ziga baxt ato etadi. Uning xarakteri jamiyatda tipikdir, xarakter tipiklashmasa, komillik bo’lmaydi. Zero, Komil insonda ezgu va odil xarakterni shakllantirish uchun uning qalbini tarbiyalamoq lozim. Mutafakkirlarning fikricha, odamlarda besh xil qalb bor: “o’lik qalb – hech narsaga intilmaydigan qalb; xasta qalb – yangilikka havasi bor, lekin yordamga muhtoj qalb; g’ofil qalb – hikmat (onglilik) nuridan bebahra qalb; uyg’oq qalb – nuri bor, biroq tarbiyaga muhtoj qalb; tirik qalb – o’z baxtini topgan va o’zgaga baxt beruvchi qalb”. Komil inson ana shunday tirik qalbga ega bo’lish bilan ulug’ xarakterga erishadi. Demak, biz bugun tarbiyada qalbdagi tuyg’ularni shakllantirishga, uni yomon unsurlardan asrashga, nihoyat, undagi yezgu tuyg’ularni takomillashtirishga urg’u berishimiz lozim. Buning uchun avvalo inson qalbini to’lqinlantiradigan va uning butunligini saqlaydigan psixologik-pedagogik vositalarni (usullarni) kashf qilishimiz, amaliyotga tatbiq yetish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishimiz kerak. Ma’lumki, ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat jamiyat tafakkuri, demokratik islohotlar samarasini belgilovchi, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo yetishning bosh omillaridan biridir. Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat tushunchasi ilmiy talqin qilinsa, fuqarolik jamiyatini barpo yetish doimiy tamoyilga, yaxlit tizimga aylanishi 34 zarurligi ma’lum bo’ladi. Bu tizim markazida esa ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat kabi o’lmas qadriyatlar yetakchilik qilmog’i kerak. Shunday yekan, bugungi kunda fuqarolik jamiyati masalasini haqqoniy ravishda ma’naviyat va ma’rifat masalasi deyish mumkin. Chunki fuqarolik jamiyati – huquq, demokratiya, ma’naviyat va ma’rifat tantana qiladigan adolatli jamiyatdir. Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir. Ma’naviyatni axloq-odobsiz va ma’rifasiz, ma’rifatni yesa ma’naviyasiz va axloq- odobsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra botinan bir- biri bilan chambarchas uzviy bog’liq hamda yaxlit tizimdir. Odob-axloq va ma’rifat, eng avvalo, sof maonaviy tushuncha va aksincha, ma’naviyat – sof ma’rifiy insoniy sivilizatsiyadir. Dunyoni ma’rifat qutqaradi, deganda shubhasiz, ma’naviyat nazarda tutiladi. Demak, jamiyat ma’nan sog’lomlashadi, ma’naviy yaxlitlik, butunlik insonga demokratik-huquqiy maqom kasb etadi. Ma’naviyat mezoni buzilsa, ya’ni insof, o’zaro hurmat-izzat, andisha halollik, rostgo’ylik odamni tark yesa, uning jamiyat va boshqa odamlar bilan huquqiy-ma’naviy munosabatlariga putur etadi. Chunki bir kishining huquqlari boshqa odamning huquqlari chegarasi boshlangan boshlangan joyda tugaydi. Qonun kimning haq, kimning nohaqligini adolat tarozisida o’lchab beradi. Ularning ikkalasini ham ma’naviyatning pokiza olamiga qaytaradi. Ana shundagina huquq, demokratiya, ma’naviyat va ma’rifat mushtarakligi fuqarolik jamiyatining har bir a’zosini axloqiy, ijtimoiy, ruhiy idealiga aylanadi. Umuman olganda ma’naviyat va ma’rifatning shakllanish va rivojlanish taraqqiyotini bilish va g’ururlanish O’zbekistonning har bir fuqarosining idealiga aylanishi uchun eng avvalo, milliy o’zlikni anglashi lozim. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling