Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Saylov tushunchasi
56 Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim mezonlaridan biri – bu fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, xususan, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishida namoyon bo’ladi. Mazkur faoliyatning samarali amalga oshirilishida muhim siyosiy jarayon hisoblangan saylovlar asosiy o’rinni egallaydi. Erkin saylov va o’z xohish-irodasini erkin bildirish tamoyillari, birinchi navbatda, har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi. Adolatli saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro’yobga chiqadi. Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo’lib, eng avvalo o’zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari odimlashda, xususan, jamiyatni yangilash va modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni yanada demokratlashtirishda saylovlarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir. Erkin saylovlarni o’tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og’ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Islom Karimovning e’tiroficha, “demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma- yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”[8; 49-б.]. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy pluralizm mavjudligida namoyon bo’ladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling