Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Demokratik saylovlar 
– erkin fuqarolik 
jamiyatining asosiy 
belgisi


57 
Saylovlar jamiyat va davlat boshqaruviga demokratik usulda erishishning 
huquqiy vositasidir. Vakillik organlarini saylovlarsiz shakllantirishning o’zi 
mumkin emas. Saylovlar orqali davlat hokimiyatini tashkil etib, davlat va jamiyatni 
boshqarish eng to’g’ri hamda eng samarali usuldir. Chunki, xalq, jamoa o’zini kim 
boshqarishini, uning hayotida kimlar ijobiy o’zgarishlar qilishini o’zi hal etishi 
muhim ahamiyatga ega. Bir so’z bilan aytganda, saylov shunday jarayonki, u 
mamlakatda davlat boshqaruvining tashkil etilishini, davlat hokimiyati va fuqarolar 
o’rtasidagi munosabatni qay darajada qaror topganligini, xalqning siyosiy 
madaniyatini, mazkur hududda mavjud siyosiy hurfikrlikni (pluralizmni) va o’z 
navbatida, mamlakatdagi ijtimoiy adolat, qonuniylik, tenglik, insonparvarlik kabi 
tamoyillarning amaldagi ifodasini namoyon etadi.
Darhaqiqat, fuqarolik jamiyatini erkin va adolatli saylovlarni amalga 
oshirmasdan barpo etish qiyin. Chunki, fuqarolik jamiyati – erkin fuqarolar, huquq 
va erkinliklari to’liq kafolatlangan va amalda ta’minlangan shaxslar birlashmasi 
hisoblanadi. Bunday jamoa vakillari davlat va jamiyat boshqaruvida ham o’z so’zi 
va fikriga ega bo’lib, unda mavjud hokimiyatni shakllantirishda foydalanadilar. Bu 
aynan saylovlar va referendumlar orqali amalga oshiriladi. 
Fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyatini yoritishga bag’ishlangan ko’plab 
tadqiqotlarda olimlar tomonidan uning bir qancha asoslari ko’rsatib o’tiladi. Ulardan 
biri va asosiysi – demokratik saylovlar hisoblanadi. Albatta, qonunga asoslangan 
holda tashkil etilgan, erkin va adolatli saylovlar davlat hokimiyatini 
shakllantirishning demokratik shaklidir. Qachonki bu mezon amalda o’z tatbig’ini 
topsa, barcha fuqarolar konstitutsiyaviy huquqi hisoblangan saylov huquqidan to’liq 
foydalansa, saylovlarda erkin ishtirok etsa, o’z tanlovini qonuniy tarzda amalga 
oshirsa, shundagina, adolatli fuqarolik jamiyatini qurishga erishamiz. 
Fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad qilgan davlatimizda fuqarolarning 
saylov huquqlarini ta’minlashga, saylov jarayonlarining huquqiy asoslarini yanada 
takomillashtirishga 
doimo 
ustuvor 
vazifalardan 
biri 
sifatida 
e’tibor 
qaratilayotganligi – mamlakatimizning demokratik mezonlarga asoslangan saylov 
tizimini yaratish va uni tizimili tarzda takomillashtirib borish orqali fuqarolarning 


58 
saylov huquqi erkinligini ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotganligini 
tasdiqlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga asosan, “O’zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli 
subyektidir. Uning tashqi siyosati... xalqaro huquqning 
umum e’tirof etilgan qoidalari va me’yorlariga 
asoslanadi”. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi 
dunyo hamjamiyatining bir a’zosi sifatida umum e’tirof etgan tamoyillarga to’liq 
amal 
qiladi. 
Milliy 
qonunchiligimizni 
shakllantirishda 
xalqaro 
huquq 
me’yorlarining ustuvorligi tan olinadi va ushbu qoidaga rioya etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligini shakllantirishda ham xalqaro 
huquq me’yorlariga asoslanilmoqda. Mamlakatimizning birinchi rahbari Islom 
Karimov haqli ravishda qayd etib o’tganidek, “mamlakatimizdagi saylovlarni 
Konstitutsiyamiz va milliy qonunchiligimiz asosida, shu bilan birga saylovlar 
haqidagi umume’tirof etilgan qonun va xalqaro andozalarga to’liq javob beradigan 
holda o’tkazishimiz bugungi kunda biz uchun eng dolzarb, eng muhim vazifa, desak, 
hech qanday xato bo’lmaydi”[9; 107-б.]. 
Hozirgi amaldagi saylov qonunchiligimizga nazar tashlagan har bir inson 
ularning xalqaro standartlarga to’la mosligining guvohi bo’ladi. Milliy 
qonunchiligimizdagi saylovlarning demokratik tamoyillari halqaro huquq 
me’yorlari asosida shakllantirilgan. Buni biz quyidagi xususiyatlar bilan 
asoslashimiz mumkin:

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling