Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Jamoatchilik nazorati
tizimi va subyektlari 70 so’rovlar jamoatchilik nazoratini shakllantiradi va aksilijtimoiy xarakterga ega bo’lgan xatti-harakatlarni tartibga soladi[14; 16-б.]. Boshqa bir amerikalik sotsiolog Charlz Kuley (Charles Horton Cooley) ham mazkur fikrni davom ettirgan holda, jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda jamoatchilik nazorati muhim o’rin tutishi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda u samarali xizmat qilishini ta’kidlaydi. Bu hodisa jamiyatda o’ziga xos raqobat muhitini vujudga keltirishi bilan birga, o’ziga xos tarzda ijtimoiy vijdonni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Ayni vaqtda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda davlatning roli ham juda muhimligini esda tutish lozim. Garchi asosiy nazorat obyekti davlat bo’lishiga qaramasdan, davlat umummilliy manfaat nuqtai nazaridan jamoatchilik nazoratiga yo’l bermasa, uning samara berishi qiyin. Qudratli milliy yetakchilar rahbarlik qilayotgan ba’zi mamlakatlarda jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlaydigan omil aynan davlat rahbaridir. Bu borada amerikalik antropolog Rut Benedikt (Ruth Benedict) shunday yozadi: “Yakuniy jamoatchilik nazoratini kishilarning o’zlariga tashlab qo’yishning o’zi kishilarga erkin hayot kechirishlari uchun kafolat bo’la olmaydi. O’zlarini erkin, demokratik jamiyatda his etayotgan, ammo kuchli yetakchi yoki qirolga ega bo’lgan jamiyatlar barcha fuqarolar uchun umumiy bo’lgan ba’zi erkinliklarni kafolatlashdek umumiy xususiyatga ega”[13; 49-б.]. Ba’zi olimlar jamoatchilik nazorati borasida suiiste’molchilikka yo’l qo’yilishini misol keltirishadi. Jumladan, taniqli amerikalik olim S.Xantington AQShda qurolli kuchlar ustidan fuqarolik nazorati o’rnatish masalasida doimo Kongress va Prezident o’rtasidagi munozaraga e’tibor qaratadi. Prezident jamoatchilik nazoratini Prezident nazorati bilan tenglashtiradi va Kongressda a’zolarning ko’pligi qurolli kuchlar ustidan o’rnatiladigan nazoratning samarasizligiga olib kelishini ro’kach qiladi. Kongress esa, o’z navbatida, bu fikrga qarshi chiqib, Prezident harbiy maslahatchilarga tobe ekanligini ta’kidlagan holda, o’zini Prezidentdan ko’ra xalqqa yaqin “his” etadi va jamoatchilik nazoratini kongress nazorati bilan tenglashtiradi. 71 Yuqoridagi ta’riflarga asoslangan holda, vakolatli fuqarolik institutlari tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazoratni davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazorati sifatida tushunish mumkin. Ya’ni, jamoatchilik nazorati fuqarolar va fuqarolik jamiyati vakolatli institutlarining tizimli faoliyati bo’lib, u davlat boshqaruv organlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy mezonlarga mosligini belgilash, yuzaga kelgan qonunbuzarlik holatlarini davlatning tegishli organlariga murojaat qilish orqali yoki jamoatchilik fikriga tayangan holda bartaraf etishdan iborat. Davlat organlari ustidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazoratining umumiy jihatlari quyidagilar: – hokimiyat tomonidan joriy etilmaydi; – huquqiy ko’rinishda yoki majburiy xususiyatga ega emas; – davlat boshqaruvi organlari jamoatchilik nazorati subyekti bo’la olmaydi; – jamiyat va fuqarolar nomidan amalga oshiriladi[17; 48-б.]. Jamoatchilik nazoratining o’ziga xos jihatlariga quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling