Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Ijtimoiy sheriklik va uni
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Ijtimoiy sheriklik va uni
rivojlantirilishining nazariy-huquqiy asoslari 75 huquq va erkinliklari tenglik asosida vujudga kelib, ular bir xil huquqiy maqomga ega bo’ladilar. O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikni davlat va “uchinchi sektor” o’rtasidagi hamkorlikning yangi shakli sifatida e’tirof etilishini jamiyat hayotida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolining yuksalib borayotganligi, ularning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligiga ehtiyoj ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Hozirgi kunga kelib nodavlat tashkilotlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada davlat va uning organlari bilan teng huquqli hamkorlikka kirisha oladigan subyekt darajasiga chiqib bormoqda. Ijtimoiy sheriklik tomonlarining qonuniy manfaatlari muzokaralar jarayonida muvofiqlashtiriladi, bunda mehnat sharoitlari va mehnatga haq to’lash, xodimlarning ijtimoiy himoyasi va boshqa kafolatlar hamda ularning korxona faoliyatidagi roli va boshqa hayotiy muhim masalalar o’zaro kelishib olinadi. Ijtimoiy sheriklikning eng muhim natijasi – uning jamiyatda ijtimoiy kelishuvga asoslangan tinch-totuv hayotni ta’minlashga qaratilganligidadir. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ijtimoiy sheriklikning tashkiliy- huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat hayotidagi o’rni va rolini yanada oshirish masalalari muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Zero, ushbu institutlar “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati”ga o’tishda o’ziga xos ko’prik vazifasini o’taydilar[42; 15-б.]. Ijtimoiy sheriklikning ahamiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy sheriklikdan uning barcha subyektlari, xususan, davlat, nodavlat notijorat va tijorat sektori birdek manfaatdordir. Davlat sheriklik orqali muayyan, ayniqsa, mahalliy ahamiyatga ega dasturlar ijrosini ta’minlashda kam kuch sarflab, yuqori samaraga erishishi mumkin. 76 O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimida ijtimoiy sheriklikka oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan 50 dan ortiq huquqiy me’yorlar mavjud. Ular 10 dan ortiq amaldagi qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Ular jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yilda 8 dekabr), O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (1995 yil 21 dekabr) va “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi (1991 yil 15 fevral), “Kasaba uyushmalari, uning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi (1992 yil 2 iyul), “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi (1993 yil 6 may), “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi (1993 yil 2 sentyabr), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi (1999 yil 14 aprel), “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi (2000 yil 14 dekabr), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida” (2007 yil 3 yanvar) O’zbekiston Respublikasi qonunlarini kiritish mumkin. Xulosa qilib aytganda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ilgari surilgan takliflar asosida 2014 yil 25 sentyabrda “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunda ijtimoiy sheriklikning tashkiliy, huquqiy, institutsional, moliyaviy jihatlari o’z ifodasini topgan. Navbatdagi muhim masala ushbu Qonunning amalga samarali tatbiq etishdir. U orqali davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishga erishiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling