Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari faoliyatini erkinlashtirish hamda ochiqligining ta’minlanishi 88 Umuman olganda demokratik yangi umumqadriyat bu – jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, uning ochiqligini ta’minlash va liberallashtirish siyosatidir. Bu maqsadga erishishda quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish zarur: Birinchidan, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zaruratiga asoslangan siyosiy soha ochiqligini hamda erkinligini ta’minlash. Ikkinchidan, eng avvalo, davlatning boshqaruv rolini chegaralashga xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirishi, mulkdorlarning mavqei hamda huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiyot soha ochiqligini yanada erkinlashtirish. Uchinchidan, hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish, ularning haq-huquqlari hamda erkinliklarini muhofaza etishga qaratilgan ochiq siyosatni kuchaytirishdan iborat davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish. Bir so’z bilan aytganda demokratik taraqqiyot yo’lini tanlagan, ushbu sivilizatsiya sari yuz tutgan har qanday zamonaviy davlatda ochiq siyosat yuritishsiz, o’rtaga chiqayotgan muammolarni bartaraf etib bo’lmaydi. Aksincha, jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishning qayd etilgan ustuvor yo’nalishlari yaxlit mushtaraklikda O’zbekiston qanday strategik maqsad va vazifalar bilan XXI asrni boshlashi, nimalardan voz kechish, qanday yo’llar bilan hayotni yaxshilash, yangi asr boshida muqarrar muammolarning yechimi bilan bog’liq qanday taqdirilomon masalalarni birinchi galda hal qilish lozim, degan savollarga konseptual javob berish orqali bosh maqsadga erishish mumkin. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling