Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda parlament va siyosiy partiyalarning roli
- Birinchidan
VIII-BOB. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga Demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda parlament va siyosiy partiyalarning roli 84 chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda parlament va ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi. Quyida bu ikki tushunchaga alohida to’xtalib o’tishni joiz topdik. Parlament – qonunchilik, nazorat, targ’ibot kabi eng muhim funksiyalari bilan chambarchas bog’liqdir. Bu funksiyalarni qanday bajarayotganiga qarab parlamentning haqiqiy parlamentarizm institutiga nechog’li mos ekanligi belgilanadi. Mamlakatda parlament bo’lishi mumkin, ammo u qar doim ham parlamentarizm, uning g’oyalari va tamoyillariga mos keladigan institut bo’lavermaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, parlamentarizm g’oyalari va tamoyillarini joriy etish natijasida milliy parlamentimiz tom ma’noda qonunchilik, nazorat kabi funksiyalarni o’zlashtirdi, muhim vakolatlarga ega bo’ldi. Bosh qonunimizga muvofiq parlament ichki va tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlariga, davlatning strategik dasturlariga oid hujjatlar qabul qiladi. Ichki siyosatga oid faoliyatida davlat byudjetini qabul qilishdan yuqori lavozimlarga qo’yiladigan nomzodlarni, u yoki bu sohani (ta’lim, sport, huquqiy madaniyat va hokazo) rivojlantirishga qaratilgan milliy dasturlarni, konsepsiyalarni tasdiqlashgacha bo’lgan funksiyalarni bajaradi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishga yo’naltirilgan ijtimoiy islohotlar Parlamentning qonunchilik faoliyatiga bir qator talablar qo’yadi: Birinchidan, qonun ishlab chiqish va qabul qilish inson manfaatlarining ustuvorligi tamoyiliga asoslanishi darkor. Unga muvofiq qonunlar inson manfaatlarini himoya qilishi, uning ijodiy va ma’naviy imkoniyatlarini, salohiyatini ro’yobga chiqarishga yordam berishi kerak. Bu tamoyil aslida inson manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustunligi qoidasidan kelib chiqadi. Agar insonning aniq manfaatlariga qaratilmagan 85 bo’lsa, bunday ijtimoiy munosabatlarni yuridik idora etishga hojat yo’q. Shu nuqtai nazardan, qonun davlat va jamiyatda insonning, fuqaroning qiziqishlarini, manfaatlarini, erkinligi va burchlarini ro’yobga chiqarishning yuridik shaklidir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling