Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Huquqni muhofaza 
qiluvchi va nazorat 
idoralari faoliyati ustidan 
jamotchilik nazoraning 
o’rnatilishi


99 
a’zolari yoki mahalla yetakchilari tomonidan tanqid, salbiy ijtimoiy fikrni 
shakllantirish orqali amalga oshiriladigan faoliyat norasmiy nazorat deyiladi.
– Ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish va natijalarini turli tarbiyaviy vositalar 
yordamida targ’ib qilish jarayonida jamoatchilik nazoratining konstruktiv mohiyati 
namoyon bo’ladi. Senzuraning turli usullari, po’pisa bilan amalga oshiriladigan 
nazorat buzg’unchi ko’rinishga ega bo’ladi. 
– Ijro hokimiyati ustidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati muhim 
ahamiyatga ega. Chunki mazkur nazorat jamiyatning har bir a’zosi uchun kundalik 
ehtiyojlarni qondirishdek zarur bo’lib, hokimiyat bilan munosabatlarda korrupsiya, 
qonunbuzarlik va adolatsizlik hukm surgan ko’p sonli xodimlarga ega bo’lgan keng 
qamrovli apparat bilan kurashishga to’g’ri keladi. 
Jamoatchilik nazoratini mezon nuqtai nazaridan o’rganish muhim. Bu 
mezonlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: tizim doirasida, tizimlararo miqyosda
siyosiy nazorat va jamoatchilik nazorati. Umuman olganda ko’plab rivojlangan 
demkoratik mamlakatlarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
– davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga petitsiyalar 
bilan murojaat qilish (fuqarolarning individual va jamoa tartibida murojaatlari);
– hokimiyat faoliyati to’g’risida axborotning fuqarolar uchun ochiqligi 
(fuqarolar uchun davlat organlarining axborot jihatdan ochiq-oshkoraligi);
– mahalliy o’zini o’zi boshqarish, fuqarolar yig’ilishlari va yig’inlari orqali 
fuqarolarning jamiyat ishlarini boshqarishda ishtiroki;
– oshkoralik tarzida eshitishuvlar;
– qonun loyihalari va davlat hayotining boshqa muhim masalalarining jamoat 
muhokamalari;
– qonunchilik hujjatlari loyihalarining jamoat ekspertizasi;
– jurnalistik tekshiruvlar va boshqalar. 
Umuman olganda huquqni muhofaza qiluvchi va davlat nazorat idoralari 
faoliyati ustidan jamotchilik nazoraning o’rnatilishi: 


100 
Birinchidan, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya 
etilishi va ularning ta’minlanishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, 
ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini 
qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling