Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish
X-BOB. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO’NALISHLARI O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o’z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omillarga bog’liq bo’lib, u jarayonni kechishi gohida shiddatli, gohida ziddiyatli kechadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini qamrab oladi iqtisodiyot miqdor va sifat o’zgarishlarini, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis yo’nalishdan boruvchi beqaror jarayon sifatida baho berish mumkin. Shuning uchun ham 2017 yilda qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”da Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish 101 iqtisodiyotni tarkibiy qismini o’zgartirish hamda uning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha quyidagi omillarga e’tibor qaratish belgilab berildi: – milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish; – ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; – yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; – iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish; – prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; – ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; – iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; – faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; – xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar 102 tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish; – turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; – eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; – yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish[52]. Umuman iqtisodiy o’sish murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko’rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko’rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlar tizimida buyumlashgan va qiymat ifodasidagi ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni Shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning miqdoriy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: – tabiiy resurslarning miqdori va sifati; – ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati; – asosiy kapital (asosiy fondlar)ning hajmi va sifati; – texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. Xulosa qilib aytganda kishilik jamiyati taraqqiyoti o’zoq davrlarni bosib o’tgan, bu davrlarda sosial-iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’lgan va iqtisodiy mehnat taqsimoti shakllangan. Insonlar yashashi uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonida kuzatishlar olib borib, ishlab chiqarish va xalq farovonligi hali odamlar o’rganib, bilib ulgurmagan ijtimoiy omillarga hamda, iqtisodiy taraqqiyotning qonunlariga bog’liq ekan, degan xulosaga kelgan va ushbu qonunlarni o’rganish hamda ulardan jamiyat taraqqiyoti yo’lida foydalanish zarurligini anglagan. 103 Munosabatlari yo’nalishi eski, o’nqir-cho’nqir yo’llardan, keng ravon bo’lgan zamonaviy bozor yo’liga almashdi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doyir kompleks masalalarni hal etish - hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Davlatimizda iqtisodiy taraqqiyot yo’lidagi islohotlarni olib borishda davlat ishtirokini kamaytirish hamda xususiy mulkchilik tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilab olindi: – xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish; – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; – davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib- taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; – investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish; – korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; – tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling