Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Umuman olganda Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, 2017 yil davomida 106 maktabgacha, 268 umumta’lim, 44 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari 117 rekonstruksiya qilindi, 195 maktabgacha, 90 umumta’lim, 91 o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalarini kapital ta’mirlandi, 9 yangi maktab qurildi, mebel, o’quv laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlandi. Dasturda bolalar sportining ommaviyligini oshirish maqsadida 251 umumta’lim maktabi, 12 bolalar-o’smirlar sport maktabida sport zallari qurish, 9 yopiq suzish havzasini barpo etish va ikkitasini rekonstruksiya qilish, sakkizta yangi san’at va musiqa maktabi qurish va 12 tasini rekonstruksiya qilish ko’zda tutildi[59]. Bundan tashqari, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, jumladan, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari tizimi optimallashtirildi. Bu hozirgi va istiqboldagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, har bir tuman markazida ishsiz fuqarolarni kasbga o’qitish va qayta tayyorlash bo’yicha kasb-hunar kollejlari bazasida (mashg’ulotlardan bo’sh vaqtda) qisqa muddatli kurslarni tashkil etish hamda mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o’quv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirni ishlab chiqilishi mehnat bozori talablarini qisqa muddatlarda qanoatlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Muxtasar qilib aytganda Harakatlar strategiyasining barcha yo’nalishlari qatorida aynan ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va fanni rivojlantirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarda kelajak avlodning orzu-istaklari, manfaatlari ifoda etilganligi yoshlarni juda quvontirib kelmoqda. Ayniqsa, mazkur hujjatda belgilangan maqsadlar doirasida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi farmonga asosan mamlakatimizda oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning uch yilga mo’ljallangan ikki 118 bosqichli tizimga o’tilishi yosh olimlarning ilmga bo’lgan qiziqishimizni yanada oshirdi. Qolaversa, Harakatlar strategiyasiga asosan 2017 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangani ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur dastur doirasida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb- hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi quvonarli holdir. Bu o’z navbatida yoshlarni mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli maqsadlar ro’yobida faol ishtirok etishga undaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling