Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
– maxsus xizmat ko’rsatish organini davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo’nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratilgani; – yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirilganligi; – davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etishga qaratilgan buzg’unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo’yicha samarali ishlarni bajarilayotganligi; – iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish borasidagi amaliy tadbirlarni o’z natijasini berayotganligi; – davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta’minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini muvoffaqiyatli bajarilayotganligi fikrimizga dalildir[6]. Aslida, fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi hamda uni ifodalash insonning eng muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. Axborot, undan foydalanish, uni tahlil qilish va tezkorlik bilan tarqatish imkoniyati zamonaviy jamiyatda inson yuksalishining asosiy shartidir. O’zbekistonda so’z erkinligini, fikrlar xilma-xilligini, odamlar o’z qarashlarini ochiq-oshkora ifoda etishini amalda ta’minlash uchun barcha shart- 121 sharoit yaratilgan. Mamlakatimizda 1472 ta ommaviy axborot vositasi erkin faoliyat yuritayotgani hamda izchil rivojlanib borayotgani buning yaqqol tasdig’idir. Ularning 60 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasi ekani, ayniqsa, e’tiborlidir. Birgina so’nggi uch yil ichida mamlakatimizda “Madaniyat va Marifat”, “Dunyo Bo’ylab”, “Navo”, “Oilaviy”, “Diyor”, “Bolajon”, “Mahalla”, “UzHD” singari davlat telekanallari, “Milliy TV”, “Uzreport TV” va “MY5” singari nodavlat telekanallar faoliyati yo’lga qo’yildi[61]. Ular fikrlar va qarashlarning muhim jihatlarini o’zida mujassam etgan bo’lib, har birida mamlakatda kechayotgan jarayonlarga o’z munosabati va nuqtai nazari mavjud. Bu, avvalambor, ularning qonuniy kafolatini rivojlanganligidir desak, mubolag’a bo’lmaydi. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi mustahamlangan. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega. Ushbu qoidani takomillashtirish maqsadida “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi, “Pochta aloqasi to’g’risida”gi, “Radiochastota spektri to’g’risida”gi, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Reklama to’g’risida”gi kabi 20 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Xulosa qilib aytganda globallashuv, axborot jamiyati shakllanayotgan bir sharoitda, ayniqsa, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilishdan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanishga bo’lgan huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish, davlatda hududiy yaxlitlikni mustahkamlash vazifalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Mamlakatimizda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan izchil demokratik islohotlar yuksak samaralar bermoqda. Bu ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotimizda, fuqarolarning ong va Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling