Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
- Beshinchidan
Uchinchidan, O’zbekistonning tashqi siyosati tinchlik, barqarorlik,
hamkorlik va o’zaro hurmat asosida yo’lga qo’yilgan. Mamlakatimizning oqilona 125 tashqi siyosatida chet davlatlardan yangi va ilg’or texnologiyalarni kirib kelishi xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi va qo’shma korxonalarning tashkil etilishi hamda faoliyat ko’rsatishi katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimiz xalqaro iqtisodiy aloqalar borasida tobora yuksak natijalarga erishmoqda. Ma’lumki, xalqaro savdoni erkinlashtirishning asosiy omillaridan biri xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lish va ana shu tashkilotlar doirasida faoliyat ko’rsatish jarayonlarni faollashtirishdir. Xalqaro tashkilotlarning roli va ahamiyati bugungi kunda tobora ortib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining ahamiyatli ekanligiga jahon iqtisodiyotidagi chuqur ixtisoslashuv eng asosiy sabablardan biridir. To’rtinchidan, O’zbekistonnig jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Xalqaro valyuta fondi (XVF)ga a’zolik va shu tashkilot doirasida hamkorlik aloqalari alohida o’rin tutadi. O’zbekiston siyosiy mustaqilligini qo’lga kiritgach, bu nufuzli xalqaro tashkilotlar jumladan, XVFga a’zo bo’lib kirish uchun asos bo’ldi. 1992 yil 21 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo’ldi. 1992 yil 2 iyulida “O’zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama Agentlikka a’zoligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonun qabul qilingach, mamlakatimizni XVFga teng huquqli a’zo bo’lib kirishi uchun huquqiy asos yaratildi. Beshinchidan, O’zbekiston Respublikasi rahbariyatining jahon miqyosidagi iqtisodiy anjumanlarda ishtirok etishi va dolzarb masalalardagi chiqishlari tadbir ishtirokchilari, davlat va hukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniyalarning rahbarlari, qolaversa, jahon tadbirkorlarini O’zbekiston, uning salohiyati bilan tanishtirishda katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi mamlakatimiz tashqi siyosati, mustaqillikni mustahkamlashga, xalq farovonligi va xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan. Bu esa O’zbekiston tashqi siyosatining imkoniyatlari miqyosi tobora ortib borayotganligini ko’rsatmoqda. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling