Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 


126 
GLOSSARIY 
Abolitsionizm – (lot. bekor qilish) biror qonunni bekor qilishga qaratilgan 
ommaviy harakat. XVIII asr oxiri va X1X asrning birinchi yarmida AQShda 
negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – 
abolitsionist deb atalgan.
Adliya – (arab. – adolat)-sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil 
sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi atama. 
Adolat (arab. – odillik, to’g’rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o’zaro umumiy 
munosabatini va ularning individlar o’rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi 
tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga 
mos bo’lgan jamoa tartibi. 
Advokatura – huquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi 
shaxslarning mustaqil, ko’ngilli, kasbiy birlashmalarini o’z ichiga oladi. O’zb.Res. 
fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, korxonalar
muassasalar, 
tashkilotlarga 
yuridik 
yordam 
ko’rsatadi. 
O’zbekiston 
Respublikasining advokatura to’g’risidagi qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul 
qilingan. 
Agregatsiya – (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya 
qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida turli manfaatlar uyg’unlashtiriladi 
va ular o’rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu jarayonda asosiy va 
muhim manfaatlar tanlab olinadi ularni qondirish chora va tadbirlari ko’riladi. 
Aktor – (lot. “actor” - arbob); muayyan xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi individ, 
ijtimoiy guruh, institut yoki boshqa subyekt, ziddiyatlarda ishtirok etuvchi tomonlar. 
Siyosatshunoslikda aktor va subyekt tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi.
Alarmizm – intellektual va ekspertlarni birlashtiruvchi zamonaviy g’oyaviy 
oqim. U xavf solayotgan global muammolar – yadroviy, ekologik v.x. – borasida 
ogohlantiradi 
Amnistiya – jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to’liq yoki 
qisman jazodan ozod qilish, shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni 
o’tab bo’lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ 


127 
xususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan 
barcha shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling