Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Huquqiy davlat – huquq, Konstitutsiya va Qonun hukmronlik qiladigan 
davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro 
oldidagi o’z ma’suliyatlarini his qilishlari, o’z navbatida jamiyat va fuqaro, uning 
tashkilotlari davlat oldidagi ma’suliyatlarini his qilishlari kerak. Bu ma’suliyatni 
oshirish orqali huquqiy demokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda 
bu jarayon uzoq muddatni talab etadi. 
Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim qismi. Huquqiy 
madaniyat tarixan asta – sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo’lib, hozirgi davrda 
ilg’or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot 
omiliga aylangan. 
Identifikatsiya – (lot. o’xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) 
monandlik. Siyosiy identifikatsiya - u yoki bu siyosiy guruhga o’zini boshqalardan 
ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi. 
Ijtimoiy adolat – barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o’z o’rni 
mavjudligini va qonun oldida ularning o’zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof 
etish. 
Ijtimoiy hamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va 
guruhlarning umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatligi. 
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro’yobga 
chiqadigan manfaatlaridir. 
Ijtimoiy sheriklik – davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek 
normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga 
oshirish borasidagi hamkorligidir 
Ijtimoiy uyushmalar – fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik 
asosida vujudga keluvchi, lekin o’z faoliyati natijasida daromad olishni 
ko’zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba 
uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy 


135 
texnik, madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa ko’ngilli jamiyatlar, jamg’armalar, 
assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar).

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling