Iqtisodiy islohot – davlatning iqtisod tizimini yoki iqtisodini boshqarishni
yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdagi katta o‘zgarishlar. Iqtisod tizimi samarasining
pastligi iqtisodiy inqirozlar paydo bo‘lganda va iqtisod odamlar ehtiyojini
qondirishga loyiq bo‘lmaganda mamlakat o‘z taraqqiyotida boshqa davlatlardan
orqada qolganda yuzaga kelgan sharoitlar tufayli o‘tkaziladi.
Iqtisodiy mustaqillik – muayyan bir mamlakatning shu mamlakatda mavjud
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy
boyliklarga va shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy
daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi.
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida
to’plangan va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni
iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin
bo’lgan vositalar, imkoniyatlar va manbalardir.
Irratsional – (lot.irrationalis) bilishning asosiy vositasi sifatida his-tuyg’u, instinkt va
e’tiqodni tan oluvchi falsafiy qarash.
Ishlab chiqarish usuli – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy
omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Islohot – progressiv o‘zgarish, mavjud bo‘lgan yo ijtimoiy tuzumni asosi
saqlangan holda biror-bir tomondan jamiyat hayotini qayta qurish.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig’indisi. Jamiyat tarixiy,
moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan
birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o’zgarish va
rivojlanishda bo’lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
138
Do'stlaringiz bilan baham: |