Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’ppartiyaviylik
- Kon’yunktura
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar
majmuidir. Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi. Jarayon – muayyan vaqt oralig’ida bo’lib o’tgan o’zgarishlar, voqea va hodisalarning davomiyligi. J.lar uzlukli va uzluksiz, tabiiy va sun’iy, takrorlanuvchi va betakror, boshqariluvchi va boshqarilmas bo’lishi mumkin. Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo’llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog’liq bo’lgan majburlov chorasi. Jinoyat – qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli tizimi – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yilning 29 avgustida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” qaror qabul qilindi. Ushbu dasturda (3-bandi) kadrlar tayyorlashning milliy modeli tarkibiy qismlari belgilab qo’yilgan. Kasaba uyushmalari – korxona, muassasa, o’quv yurti va boshqa mehnat jamolarida ishlayotgan ishchi va xodimlarni ijtimoy manfatlarini himoya qilish, ish beruvchilar bilan ishlovchilarning ijtimoiy sherikchiligini tashkil etish maqsadida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkiloti. Ko’ppartiyaviylik – mamlakat parlamentida ko’pchilik o’rinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha siyosiy partiyalar mavjud bo’lgan siyosiy tizim. Kompetent – (lot. sompetents- loyiqlik, mutanosiblik); o’z bilimi yoki vakolati bilan biron-bir qarorni qabul qilish, masalani yechish yoki ular yuzasidan hukm chiqarish uchun zarur bo’lgan ilmga yoki qobiliyatga ega bo’lishni anglatadi. Kon’yunktura – lot. conjunctura - bog’lash, qo’shish. Bozor kon’yunkturasi – talab va taklif, baholar darajalari, mollar zahiralari, shuningdek, iqtisodiy sikllar o’zgarishlar davri – ko’tarilish yoki tanazzul kabilar o’zaro tegishli nisbati natijasida erkin bozorda yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatlar. Kon’yunkturaning birinchi belgisi 139 uning tez o’zgaruvchanligi, doimiy emasligi va aksariyat hollarda tebranib turishi hisoblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling