146
Parlamentdagi muxolifat – yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan
yo’li va dasturiga yoki uning ayrim yo’nalishlariga qo’shilmaydigan siyosiy
partiyalar fraksiyalari.
Partisipatsiya – (ing) ishtirok etmoq; fuqarolar tomonidan davlat va jamiyat ishlarini
boshqarish jarayonida u yoki bu funksiyalarni bajarishini shart qilib qo’yadigan
demokratiyaning modeliga doir nisbat.
Partiya – lot. pars (partis)-qism, guruh; qandaydir
ijtimoiy qatlam yoki guruh
manfaatlarini ifodalovchi, qandaydir siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi tashkilot.
Passiv saylov huquqi – fuqarolarning saylanadigan davlat organlari va mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organlariga saylanish huquqi.
Pluralizm – lot. pluralis-turlicha,
turli tuman; turli ijtimoiy qatlamlar
manfaatlarini ifodalovchi turli tuman ijtimoiy-siyosiy kuchlar mavjud bo’lgan
siyosiy tizim.
Poklik va halollik – insonning insonligi uning pokligi va halolligi bilan
o’lchanadi. Shuning uchun ota – bobolarimiz hamisha poklik va halol bo’lishga
da’vat etib kelishgan, halol bilan haromni farqlash to’g’risida nasihat qilishgan.
Polietnik – ko’pmillatli, monoetnik – yakka, yagona yoki bir millatli.
Pressa – fran. presse; ommaviy axborot vositalari; ommaviy joriy matbuot.
Prezident – lot. praesidens (praesidentis) – oldinda o’tiruvchi,
raislik
qiluvchi, boshda turuvchi so’zlaridan olingan bo’lib, ko’pchilik Prezidentlik va
parlament respublikalari joriy etilgan mamlakatlarda ma’lum
bir muddatga
saylangan davlat boshlig’i.
Prinsip – lot. principium-asos, dastlabki, boshlang’ich; asos bo’ladigan poydevor
g’oyalar; xulq, faoliyat va xatti-harakatning asosiy qoidasi.
Do'stlaringiz bilan baham: