Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Model – fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi.  Modernizatsiyalash


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Model – fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi. 
Modernizatsiyalash – fran. modernizer-zamonaviy, zamonaviylashtirish, hozirgi 
davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishdagi o’zgarishlarni amalga oshirish. 
Mulk obyektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk subyektlari 
- mulk obyektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar 
ishtirokchilari. 
Mulkchilik munosabatlarimulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni 
o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki 
ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol 
qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka 
egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Munitsipal boshqaruv – ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish, bu 
boshqaruvning nisbatan nomarkazlashgan shaklidir. Shu bilan bir vaqtning o’zida u 
fuqarolik jamiyatining instituti hisoblanadi. Bunday boshqaruv organlarining asosiy 
belgilari, ularning saylanishligi va o’z hududidagi aholi manfaatlari asosida mahalliy 
ahamiyatga ega bo’lgan ishlarga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqillik. 
Munitsipalitet – fran.municipalite-shahar o’zini o’zi boshqarish organi; 
ko’pchilik mamlakatlardagi o’zini o’zi boshqarish organlari. 
Mustaqil bosma OAV lari – davlat boshqaruvidan holi bo’lgan, o’zining fikr 
va so’z erkinligini ro’yobga chiqaruvchi, lekin bunda o’z faoliyatini amaldagi 
qonunchilik doirasidagina olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir. 
Nizom- muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini
tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan 
normativ hujjat hisoblanadi. 


145 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling