Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Mahalliy (yoki munitsipal) boshqaruv –
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manfaat
- Manfaatlar guruhlari
Mahalliy (yoki munitsipal) boshqaruv – ma’muriy-hududiy birliklardagi
aholining manfaatlarini ifodalaydigan va saylab qo’yiladigan organlar hamda ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga molik ishlarni boshqarish. Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatinting asosiy sababi. Manfaatlar – lot. interest ahamiyat kasb etish, muhim; obyektiv ravishda ahamiyat kasb etgan, inson, jamoa, millat, jamiyat kabilar uchun zarur bo’lgan zaruriy ehtiyojlar; kimgadir farovonlik bag’ishlaydigan, kimgadir foyda keltiradigan narsalar. Manfaatlar guruhlari – unga a’zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlar. Manfaatlar to’qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat. Marginal – (fr. “marginal”) ikkinchi darajali, oxirgi, chetda turuvchi; siyosatshunoslikda – oldingi ijtimoiy aloqalarini yo’qotgan, yangi hayot shart-sharoitlariga hali moslasha olmagan, qandaydir ijtimoiy guruhlar orasida yoki eng chekkasida turgan ijtimoiy odam, jamiyatning sirtida qolgan: lyumpen, miskin va hokazo. Mas’uliyat odamning xar bir amali, faoliyati mahsulini to’liq tasavvur qilgan holda uning o’zi va o’zgalar uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Mas’uliyatni his qilgan inson o’z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir bo’ladi. Mentalitet – frans.mentalite, lot mentalis-aqliy, ruhiy, ma’naviy, aql yo’nalishi aql bichimi, aqliy yetuklik, zakovat; ma’lum shaxs, ijtimoiy guruh (kichik, katta, milliy) uchun xarakterli bo’lgan dunyoqarash, dunyoni anglash, atrof voqelikni qabul usuli; fikrlash tarzi. 143 Mexanizm – yunon. mechane-qurol, inshoot; harakat va tezlikni amalga oshirish yoki uzatish qurilmasi. Siyosatda ma’joziy ma’noda biron-bir reja, dastur, maqsadni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini va vositalariga nisbatan qo’llaniladi. Millat – til, ma’naviyat, milliy o’zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling