147
Qonun – qonunchilik hokimiyatining fuqarolar,
jamiyat va davlat hayotiga
taalluqli munosabatlarda muayyan tartib joriy etish borasidagi irodasining namoyon
bo’lishi.
Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron bo’ladi. Ya’ni, hech kim, hech
birdavlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki
boshqa bir fuqaro qonunga
bo’ysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga
solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa,
hech bir istisnosiz, huquq normalarini
buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tadbiq etishda
konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Ratsional – (lot. rationalis-oqilona);
maqsadga muvofiq, asoslangan,
dalillangan
(eng to’g’ri yo’l ma’nosida ham ishlatiladi).
Rejim – fran. rejime; davlat tuzumi, idora etish obrazi.
Rivojlanish – bu ma’lum obyekt yoki obyektlar uyushmasida oldingi sifatdan
tarkibi, murakkabligi, harakat darajasi jihatidan tub farq qiladigan yangi sifatning
vujudga kelish, shu orqali yangi predmetni, narsani paydo bo’lish jarayonidir.
Saylov – aholining rasmiy mansabni egallash uchun
biror shaxsni tanlashi
jarayonidir.
Saylov huquqi – davlat boshlig’i, vakillik organlari va boshqani saylash
tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig’indisi.
Saylov huquqi, odatda,
konstitutsiya va saylov to’g’risidagi maxsus qonunlar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: