Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Saylov huquqining asosiy prinsiplari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Saylov huquqining asosiy prinsiplari – Saylov huquqi prinsiplari 
deyilganda saylov jarayonini tashkil qilish va o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan ustuvor 
qoidalar yig’indisi tushuniladi. Saylov huquqining asosiy prinsiplariga quyidagilar 
kiradi: umumiy saylov huquqi prinsipi; teng saylov huquqi prinsipi; to’g’ridan-
to’g’ri saylov huquqi prinsipi; yashirin ovoz berish huquqi prinsipi. 
Saylov madaniyati – Saylov madaniyati deganda, saylovchilarning o’z 
siyosiy huquqlaridan oqilona foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek 
ularning hamda saylov tashkilotchilarining saylovlarni o’tkazish, unda qatnashish 


148 
va ovoz berish chog’ida amaldagi qonunlarga, o’rnatilgan tartiblarga amal qilishi, 
saylov qatnashchilarining bir birlarini hurmat qilishi tushuniladi. 
Saylov tizimi – O’zbekiston Respublikasida saylov tizimi deganda, keng 
ma’noda Oliy hokimiyat vakillik organlari hamda mahalliy vakillik organlarini 
shakllantirish tartibi tushuniladi. Tor ma’noda majoritar, proportsional va aralash 
saylov tizimlariga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasi saylov tizimi majoritar 
saylov tizimiga asoslangan. 
Sektorlararo nazariya – ijtimoiy sheriklikning uch sektor: davlat organlari, 
biznes vakillari va fuqarolik jamiyatining institutlari o’rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solishi to’g’risidagi nazariya 
Senat – lot. senatus-eski, qariya; ko’pchilik mamlakatlar parlamentining 
yuqori palatasi. 
Shok terapiyasi – (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga 
yo’naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o’sishi, inflatsiya, bandlikning 
pasayishi va shunga o’xshash boshqa holatlar) o’z ichiga oluvchi radikal chora-
tadbirlar majmuasi. 
Siyosat subyekti – siyosiy munosabatlarda ishtirok etayotgan kuchlar, sotsial 
guruhlar, qatlamlar, tashkilotlar siyosiy faoliyatning tashuvchilari, siyosatning 
subyekti hisoblanadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling