Yo‘l harakati xavzsizligi ism, familiya Universitet Annotatsiya
Download 209.5 Kb.
|
Yo\'l harakati havfsizligi(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar va iboralar
- Foydalanilgan adabiyotlar
YO‘L HARAKATI XAVZSIZLIGI Ism, familiya Universitet Annotatsiya: Maqola yo‘l harakati xavfsizligi masalalarini yoritishga xizmat qilgan bo‘lib, unda yo‘l harakati, unga amal qilish, xavfsizlik qoidalari kabi jihatlar ochib berilgan. Nazariy fikrlar respublikamizdagi yo‘l harakati bilan bog‘liq statistik ko‘rsatkichlarini keltirish va taqqoslash asosida dalillangan. Tayanch so‘zlar va iboralar: harakat, qonun, me’yor, transport oqimi, xavfsiz harakat, davlat namunasi, chorraha turlari, chorraha rejasi Kirish: Hozirgi sanoatlashgan davrda insonning har bir qadamida xavf mavjud, avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash asosiy dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi o‘n yil ichida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning o‘rtacha bir yillik soni 10-11 ming darajadan pastga tushmayotganligi, buning natijasida esa respublikamiz fuqarolaridan har yili ikki ming kishi halok bo‘lishi va 10-12 ming inson tan jarohati olishi qayd etilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘l tarmoqlarida va avtotransport korxonalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni asosan Transport vazirligiga qarashli turli korxonalar va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmalari” tomonidan amalga oshirilmoqda. E’tirof etish kerakki, respublikamizdagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun faqatgina yuqoridagi tashkilotlar tomonidan olib boriladigan faoliyatlar yetarli emas. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi1 qaroriga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: Avtomobil yo‘llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o‘ziga qulay harakat tartibini tanlaydi hamda o‘zi tanlagan harakat tartibining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat tartibiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo‘l harakatida avtomobillarning o‘zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha orta boradi. Shuning uchun ham yo‘l harakati xavfsizligining tashkil etilishi asosiy ahamiyatga ega. Yo‘l harakatini tashkil etish – transport vositalari oqimini maksimal darajada yo‘lning geometrik o‘lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo‘laklarida xavfsiz harakat tartibini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat2. Yo‘l harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to‘g‘ri yo‘naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo‘yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo‘l bo‘lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o‘z vaqtida harakat marshruti va yo‘l sharoiti to‘g‘risida axborot berishga qaratilgan. Yo‘l harakatini tashkil etishda axborot texnologiyalari yordamida avtobuslar, shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarning optimal harakatlanish grafigini to‘g‘ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig‘iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining harakatini aylanma yo‘llar orqali o‘tkazishga intiniladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o‘rnatiladi. Bu esa harakat o‘zgarishinini yo‘lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo‘l harakati xavfsizligi, eng avvalo, haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ish qobiliyatiga bog‘liq. Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l harakati qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi. Piyodalar ham, haydovchilar ham xavfsizlik qonun-qoidalaridan boxabar bo‘lishlari maqsadga muvofiq. Respublikamizda yo‘l harakati xavfsizligi normalari huquqiy jihatdan ta’minlanadi. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling