Tevarak – atrofda turgan bitta va bir qancha predmetlarni topa olish
Download 24.03 Kb.
|
amaliy topshirirqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq Mashg’ulot: Dastur mazmuni
- Vaqt bilan tanishtirish.
1-AMALIY MASHG`ULOT Talabalar quyidagi topshiriqni mustaqil o`rganib yozma taqdimot qilinglar. Tevarak – atrofda turgan bitta va bir qancha predmetlarni topa olish.
Bolalar to’plamning ayrim elementlardan iboratligi bilan tanishtirib bo’lingach, ular bir xil predmetlarni mustaqil ravishda guruhlarga ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) predmetlarni va predmetlar yig’indisi (ko’p) ni topa olishga o’rgata boshlanadi. 3 yoshli kichkintoylar, garchi ularning hammasi bo’lmasa ham, bir joyga bitta guruh qilib yig’ib qo’yilgan predmetlar yig’indisini mustaqil ravishda ajratib ko’rsata oladilar. (Mashinaning g’ildiraklari ko’p, qo’lda barmoqlar ko’p, gilamchada g’ishtchalar ko’p, boshda sochlar ko’p va hakozolar).Xonada qaysi predmetlar ko’p, qaysilari bittadan uchraydi degan savolga javob topish ular uchun oson ish emas. Bu masalani hal etish uchun ular tevarak – atrofni ancha murakkab fazoviy-miqdoriy analiz qilishlari qandaydir bir predmetni ajratishlari, diqqat e’tiborlarini o’shanga qaratishlari, o’sha turdagi predmetlar atrofda bor-yo’qligini ko’rib chiqishlari va bu predmetlarni, garchi ular xona, uchastka va boshqa joylarning har tomonida socxilib yotgan bo’lsa ham, yaxlit bir butun narsa deb tasavvur qilishlari ya’ni bolalar predmetlarning miqdoriy tomonini ularning fazoviy-sifat xossalaridan va fazoviy nisbatlaridan abstraktlashtirishni o’rganishlari kerak bo’ladi. Misol tariqasida quyidagi mashg’ulotni keltiramiz. Topshiriq Mashg’ulot: Dastur mazmuni: Tevarak atrofda turgan “Ko’p va bitta” predmetlarni topishga o’rgatish. Mashg`ulot ishlanma tuzib fayl ko`rinishda tashang 2-topshiriq Matematika mashg’ulotlariga qo’yilgan didaktik talablar haqida ma`lumot to`plab qo`lyozma shaklida yozib, javobini yuklang. 3-topshiriq Talabalar topshiriqni yozma tayyorlab faylni yuklang
Kichik guruhda bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi kabi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvurlari shakllantiriladi. Vaqtni ifodalovchi uzoq, ertaga, bugun, kechqurun, ertalab, kecha, tez va boshqalar foydalanishda bu terminlami almashtirib yuboradilar. Hozirgi zamon bilan kelasi zamonni farqiga bormaydilar. "Vaqtni shaxsiy tasavvurlariga va o'z atroflarida bo'lgan katta yoshli kishilari faoliyatiga bog'liq farq qiladilar. Masalan: Men bog'chaga qachon keldim. Oyim qachon keladi, qachon ovqat yeymiz kabilarni aytish mumkin. Vaqt bola uchun aniq muddatdir. Sistemali ish davomida yuqori guruh vaqtni o'rganadilar. Ilk yoshda bolalar bilan suhbat orqali bu tushunchalar berib boriladi.Xayrli kech, xayrli tun. Tarbiyachi vaqt bo'lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtga mos bo'lgan faoliyatlarini sanab chiqadilar. "Hozir ertalab, sen erta bilan nima qilasan. Sen o'rningdan qachon turasan biz gimnastika qildik, yuvindik. Endi nonushta qilamiz. Yoki: "biz allaqachon nonushta qilib bo'ldik, o'ynab ham, shug'ullanib ham bo'ldik. Hozir kunduz, tez orada tushki ovqat yeymiz". kabi misollarni aytish mumkin. Vaqtning asosiy xususiyatlari uning o'zgaruvchanligidir. Uni idrok etishda kun qismlarini ifodalovchi rasmlar ko'rsatilishi lozim.
I- kichik guruhda Vaqt tushunchsini shakllantirish.
Dastur mazmuni: Bolalarga ertalab haqida tushuncha berish.. 4-topshiriq Talabalar quyidagi topshiriqni o`rganib clayd tayyorlab faylni yuklang TOPSHIRIQ MTM turli yosh guruhlarida matematika mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi va tashkil qilish Download 24.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling