Yo‘l harakati xavzsizligi ism, familiya Universitet Annotatsiya


Harakatni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar


Download 209.5 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi209.5 Kb.
#1070136
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yo\'l harakati havfsizligi(1)

Harakatni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar: Hozirgi kunda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (2013-yil 10 aprel O‘zbekiston Respublikasi 348-sonli qonuni)3, harakat xavfsizligining huquqiy mezonini ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bu qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, atrof-muhitni himoya etishga qaratilgan.
Quvonarli yutuqlarimizdan biri shundaki, O‘zbekiston Respublikasi jahonda o‘z avtomobil sanoatiga ega bo‘lgan, kam sonli 28 davlatdan biridir.
O‘zbekiston Respublikasida yo‘l texnika xavfsizligi umumiy sonining, shuningdek, unda jarohatlanganlar sonining qator yillar ichida muqobillashganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday ijobiy natijalarga erishishning asosiy omillaridan biri Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshida barcha vazirliklar, uyushmalar, korporatsiya va konsernlarda harakat xavfsizligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirib olib boruvchi «Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hay’ati»ning faol ishtirokida murakkab va dolzarb masalalarning zamon talabiga mos ravishda hal qilinishidir.
Ma’lumki, mamlakatni avtomobillashtirish darajasining ortishi, uning iqtisodiy va mudofaa quvvatini mustahkamlash bilan bir vaqtda, ko‘pgina salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarga avtomobillar sonining ortishi oqibatida avtomobil yo‘llarida harakat miqdorining, transport oqimi zichligining va yo‘llarning yuklanganlik darajasining ortishi, yo‘llarda harakatlanish uchun haydovchiga qulaylikning yomonlashishi va oxir-oqibatda yo‘l-transport hodisalari (YTH) miqdorining, ularda halok bo‘layotgan va har xil tan jarohatini olayotgan odamlar sonining ortishiga, harakat tezligining kamayib ketishiga va boshqa shunga o‘xshash ko‘pgina salbiy oqibatlarga (shovqin, havodagi chiqindi gazlar konsentratsiyasi) olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida sodir etilgan oxirgi 10 yil ichidagi yo‘l texnika halokati soni muqobil 10500-10700 tani tashkil etmoqda. Yevropa davlatlarining transport xavfsizligini ta’minlovchi soha statistika xizmatining avtomobil yo‘llarida halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumoti 1- jadvalda keltirilgan.
1-jadval




Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling