Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Genezis – yunon. genesis- kelib chiqish; paydo bo’lish, tashkil topish jarayoni. Gildiya tizimi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Genezis – yunon. genesis- kelib chiqish; paydo bo’lish, tashkil topish jarayoni.
Gildiya tizimi – (nem. korporatsiya) elitalarni shakllantirish tizimlaridan biri. 
Unga 1) yeriklik, yuqori lavozimlarga elitaning quyi qatlamlaridan nomzod tanlash, 
yuqoriga siljishning pog’onaviyligi; 2) lavozimlarni egallash uchun ko’plab rasmiy 
shartlarning mavjudligi; 3) tanlovni alohida imtiyozli kichik guruh amalga oshirishi; 
4) mavjud yetakchi tipini tiklashga, yaratishga, saqlab qolishga harakat qilinishi 
singarilar xos. 
Gipotetik – faraz qilingan, taxmin qilingan. 
Global – fran. global-umumiy); umuman olganda, butun yer yuzi bo’ylab.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o’zaro hurmat, inson qadrini 
ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g’amxo’rlik qilish g’oyalari singdirilgan 
dunyoqarash.
Guruh – manfaatlar, qarashlar, kasbiy, faoliyat tarzi bo’yicha birlik va umumiylik 
kasb etgan shaxslar yig’indisi, birlashmasi. 
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat subyektlarining birgalikdagi siyosiy 
harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab 
chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko’ra tomonlar o’z 
faoliyatining asosiy yo’nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar 
mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, 
gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi. 
Harakat – ma’lum maqsadlarga erishishga yo’nalgan ijtimoy-siyosiy faoliyat
birlashma, tashkilot. 
Huquq – davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish 
imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir 
egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini 
muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat 
berish maqsadlarida davlat tomonidan o’rnatilgan va himoya qilinadigan umum 
majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.


134 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling