Izohli lug’at glossariy


Download 77.97 Kb.
bet1/3
Sana09.11.2021
Hajmi77.97 Kb.
#172450
  1   2   3
Bog'liq
Глоссарийлар


Izohli lug’at - glossariy

ADOLAT (arab. – odillik, to’g’rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o’zaro umumiy munosabatini va ularning individlar o’rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga mos bo’lgan jamoa tartibi.

AN’ANALAR xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an’analar unitilmaydi, avlodlarga meros qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi. Har bir el, millat yoki xalq o’z an’analarini rivojlantiradi, asrab-avaylaydi.

AQIDAPARASTLIK (arab. - ishonch so’zidan) – biron g’oya yoki tamoyilni mutlaqlashtirib konkret ob’ektiv sharoitni hisobga olmagan holda ko’r-ko’rona qo’llash buni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin. Keyingi davrlarda diniy aqidaparastlik faollashib ketdi. Barcha dinlarda shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan e’tiqod qilish lozim bo’lgan fikrlar – aqidalarni mutlaqlashtirib ularni saqlab qolishga, tiklashga urinishlar kuchaydi.



BARQARORLIK (IJTIMOIY) — jamiyat hayotining osoyishtaligi, undagi ijtimoiy birliklar (millatlar, sinflar, dinlar, ijtimoiy tashkilotlar, siyosiy partiyalar va b.) vakillarning tinch totuvligi, hamjihatligi, jamiyatdagi turli kuchlar o’rtasida eng muhim masalalar, maqsadlar sohasida ijtimoiy kelishuv holatining mavjudligi, hamkorlikni mustahkamlash uchun shart-sharoitning yaratilganligi.

BAYNALMINALCHILIK (arabcha “Baynalmilal”) – barcha millat va elatlarning tengligi, hamkorligi, o’zga millatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ulardan o’zini yuqori qo’ymaslik, urf-odatalarni hurmatlash va h.k.lar.

BOZOR IQTISODI degan so’z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to’g’ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi - mumkin qadar ko’proq va mumkin qadar sifatliroq, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir.

BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISHDA O’ZBEKISTONNING YO’LI – Evropa, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar tajribalarini o’rganish asosida O’zbekistonning imkoniyatlari, o’ziga hosligi, halqimizning ruhiyati, milliy qadriyatlarini hisobga olgan holda, O’zbekiston modelini vujudga kelishi tushuniladi. I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil bu modelning mohiyatini ochib beradi, ya’ni: davlat bosh islohotchi; iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; qonun ustuvorligini joriy etish; kuchli ijtimoiy siyosat; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish va h.k.lar.



BUNYODKOR G’OYA — jamiyatni taraqqiyot sari etaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo’lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo’lgan g’oya.

BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI — (SHovinizm - fran. burjua millatchiligining o’ta reaksion formasi). SHovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga

qaratilgan. SHovinizm go’yo to’laqonli bo’lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan ho’qmronlik qilishga da’vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ’ib etadi.

BUYUK IPAK YO’LI – eramizdan oldingi 122-138 yillardan to XX asrga qadar SHarq va G’arb o’rtasidagi qadimgi savdo – sotiq, tijorat, diplomatik va madaniy – ilmiy aloqalar yo’li. Bu yo’l Xitoydan boshlanib, Markaziy Osiyoga kelgach, ikkiga ayrilgan. Birinchisi, Kaspiy dengizning shimoliy qismi orqali Kavkazga, undan janubga, ikkinchisi Kaspiyning janubi orqali Old Osiyoga yo’l olgan. Markaziy Osiyo Ipak yo’lining chorrahasida joylashgan Samarqand, Bux oro, Xiva, Toshkent va Farg’ona vodiysining ayrim shaharlarida yirik savdo markazlari hisoblangan, ular Movoraunnahrning iqtisodiy va madaniy yuksalishida katta o’rin tutgan.

VATAN ( arabcha “Vatan” – ona yurt ) – kishilarning yashab turgan, ularni avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan bir-birini taqozo etuvchi tashqi muh it va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni o’z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtai nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug’ilib o’sgan va kamol topgan joy,

zamin, o’lkadir.

VATANPARVARLIK kishilarning ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy hislatlarining, fazilatlarining yuksak namoyon bo’lishi hisoblanadi. Zero, ular negizida ota-bobolardan meros folgan zaminni sevish, urf-odatlarni, qadriyatlarni saqlash, el-yurt ravnaqi uchun chin dildan mehnat qilib, Vatanni dushmanlardan himoya qilish, har qanday qaramlikdan ozod etish, hatto zarur bo’lsa, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik qabilar yotadi.



VAYRONKOR (BO’ZG’UNCHI) G’OYA — yovo’zlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor kuchlarning ho’qmronligini o’rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo’lgan g’oyalar majmuini ifodalovchi tushuncha.

VIJDON ERKINLIGI – ijtimoi-falsafiy tushuncha; har kimning o’z e’tiqodiga ko’ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni bo’zmagan holda vijdoni buyurgani bo’yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi.

GLOBALLASHUV - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Franso’z tadqiqotchisi B. Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.

3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

GUNOH (fors – jinoyat , ayb; asli shu ma’nodagi arab. “junoh” so’zidan olingan) - shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki harakat.

DEMOKRATIYA (yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo’lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.

DEMOKRATIK INSTITUTLAR jamiyatning demokratik to’zumini barpo hizmat qiluvchi omil bo’lib, unga quyidagilar kiradi. (Qarang I.A.Karimov. “Buyuk kelajak sari” asari, 170–188–betlar): 1) Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar. 2) YUridik maqomga ega bo’lgan muholifat. 3) Mulkchilik instituti.

DIN - arab tilidan olingn bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi “ishonch, e’tiqod” dir. Istilohiy ma’nosi lotin tilidagi “religion” so’zi bilan mos keladi.Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlaning ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.

DINIY FUNDAMENTALIZM (lotincha – asos degani) – barcha dinlarda o’z ilohiy yozuvlarini ishonch uchun asos sifatida “so’zsiz” qabo’l qilib, ushbu dinlar paydo bo’la boshlagan dastlabki fundamental g’oyalarga qaytish, me’yorlar va tamoyillarga asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har qanday yo’llar bilan joriy qilishga urinishdir.

DINIY SHOVINIZMfaqat o’z dini va e’tiqodinigina to’g’ri deb, qolgan har qanday e’tiqodni va qarashlarni inkor etuvchi mutaassib kishining mafkurasi. Diniy shovinizm tarafdorlarining fikricha, o’z maqsadlariga etishish uchun har qanday vositadan, shu jumladan, hatto qurol vositasidan foydalanish qonuniydir. Diniy shovinizmni kuchayishi boshqa xalqlarda va diniy e’tiqodga sig’inuvchilarda milliy va madaniy agressivlik kayfiyatlarining tug’ilishiga sababchi bo’ladi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikka rahna soluvchi omildir.

DINIY EKSTREMIZM


Download 77.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling