O’zbekistonda yoshlar siyosati va uning ahamiyati


Download 36.5 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1188007
  1   2
Bog'liq
O’zbekistonda yoshlar siyosati va uning ahamiyati


O’zbekistonda yoshlar siyosati va uning ahamiyati

O’zbekistonda yoshlar siyosati va uning ahamiyati

Reja: 1.Fuqarolik pozitsiyasi nima va uning ahamiyati. 2.Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasi shakllantirish. 3. Yoshlarga oid davlat siyosati

Fuqarolik pozitsiyasi nima ?



Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o‘ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi. Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, uni sun’iy jihatdan tezlashtirish mumkin emas. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy omillar negizida tadrijiy tarzda shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlarni o‘zlashtiradi va yangilarini yaratadi. Bu jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi me’yorlar va qadriyatlarni saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.

Yoshlarga fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish



Pozitsiya (lot. positio — holat, vaziyat) — 1) biron narsaning joylashishi, dastlabki oʻrni (mas, shaxmat taxtasidagi donalar P.si); 2) biron-bir masala yuzasidan bildirilgan fikr, nuqtai nazar; dalil, voqea, hodisaning muayyan bahosi; shu bahoga muvofiq amalga oshirilgan xatti-harakat
Yoshlarning ijtimoiy siyosiy faoligini oshirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda har birimiz ushbu vazifalarni amalga oshirilishida faol fuqarolik pozitsiyamizni ko‘rsatishimiz hamda yurtboshimizni biz yoshlarga qarata aytgan “Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafakat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning xal kiluvchi kuchidir Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning butun mohiyati milliy tariximiz va hayotimiz bilan bog‘lan gan va O‘zbekistonda bevosita o‘zimizga xos, o‘zimizga mos bo‘lgan takrorlanmas, buyuk tariximiz, an’analarimizga asoslangan va, shu bilan birga, hozirgi davr talablariga javob bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Fuqarolik madaniyatini yuksaltirishda ta’lim beqiyos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ham oldimizga qo‘ygan asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini barpo etish va uni takomillashtirish uchun Milliy dasturda ko‘zda tutilgan bilimli, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarashli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlarni tarbiyalashga yanada muhim e’tibor qaratish va bu masalalar ta’lim islohotlarining bosh vazifasi deb qabul qilib, uni amalga oshirishdan iborat. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yaratilgan va amalga oshirilayotgan yangi ta’lim modeli aynan ana shu maqsadga erishish yo‘lida o‘zining yangicha ta’lim va tarbiyaviy jarayonini shakllantirib bormoqda.
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kichik biznes korxonalari tomonidan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi uchun hisoblangan summaning 8 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi belgilandi. Ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga turli imtiyozlar berildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, jumladan, chet tillarni o‘rgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini o‘qitish maqsadida tashkil etiladigan sho‘‘ba korxonalarini 2027 yil 1 avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish amaliyoti joriy etilishi rejalashtirilgan
2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yosh­larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha cho­ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qa­rori mustaqillik yillarida olib borilgan bosqichma-bosqich, tadrijiy islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi bo‘lib, bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Ushbu Qonun yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan.
Qonun 4 ta bob, 33 ta moddadan iborat.
O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati

Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling