Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
– sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish va o’tgan yillardan o’tib kelayotgan loyihalarni yakunlash hisobiga yirik loyihalar (xo’jalik boshqaruv organlari) 55,7 ming va kichik loyihalarda (mahalliy loyihalar, o’z mablag’i hisobiga kredit olmasdan) 81,2 mingdan kam bo’lmagan doimiy ish o’rinlarini tashkil etish; – bo’sh turgan, qurilishi tugallanmagan obyektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish hisobiga 23,7 ming yangi ish o’rinlarini tashkil etish; – davlat-xususiy sherikchilik asosida ijtimoiy soha obyektlarini (ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar) tashkil etish hisobiga 23,7 ming ish o’rinlarini tashkil etish; – hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 37,3 ming ish o’rinlarini tashkil etish; – tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, aholini o’z-o’zini band qilishni rag’batlantirish, tijorat banklari va boshqa maqsadli jamg’armalar mablag’lari hisobidan “Har bir oila - tadbirkor” va boshqa dasturlar doirasida kreditlar berish orqali 191,5 ming ish o’rinlari tashkil etish; – uy-joy qurilishi, obodonlashtirish, infratuzilma obyektlari, mavsumiy va vaqtinchalik ishlar, ayniqsa “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari 110 bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 63,0 ming aholini vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda bandligini ta’minlash; – 110,2 ming nafar fuqaroni mavjud ish o’rinlariga, 85,5 ming nafarini kvota va tabiiy sabablar bilan bo’shaydigan ish o’rinlariga ishga joylashtirish; – 30,2 ming nafar ishsizlarni Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan kasbga tayyorlash va qayta o’qitish bo’yicha davlat buyurtmasini shakllantirish, 49,9 ming nafar ishsizlarni Jamoat ishlari jamg’armasi hisobiga haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etish va 200,4 ming nafar fuqaroni xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish va hok[63]. Bundan tashqari, “Harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi bandida (Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish) belgilab berilgan quyidagi vazifalar: – aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish; – byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish; – yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish; – mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish vazifalari davlatimiz oldida turgan ko’plab muammolarni tadrijiy bosqichda yechishi uchun konstruktiv asos bo’lib kelmoqda. Chunki, har yili aholi bandligini ta’minlash bo’yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo’sh va kvotalanadigan ish o’rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o’zini o’zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko’rilmoqda. 111 Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag’batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlashga, aholi bandligini ta’minlash bo’yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatimizda sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, ijtimoiy ta’minot, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilib, sohada salmoqli natijalarga erishilmoqda. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya tizimining sifat va miqdor ko’rsatkichlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining darajasidan dalolat beradi. Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining 25-moddasida har bir inson ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog’liq bo’lmagan sharoitlarga ko’ra tirikchilik uchun mablag’ bo’lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega ekanligi ko’rsatilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish aholining ehtiyojmand qatlamlariga pensiya, nafaqa, imtiyozlar, moddiy yordam berish va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Biz ijtimoiy sohada aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, dori vositalari bilan ishonchli ta’minlash, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog’lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ustuvor ahamiyat bermoqdamiz”[2] – deb, keltirib o’tishidan ham ko’rishimiz mumkinki, davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Umuman aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi uchta asosiy shaklga ega: – ijtimoiy ta’minot; – ijtimoiy sug’urta; – ijtimoiy yordam[20; 41-б.]. Ijtimoiy himoya tushunchasi keng ma’noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling