Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

oltinchidan, o’tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni 
kamaytirishga to’sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-
xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo’qligi; 
yettinchidan, mahalliy 
soliq 
va 
yig’imlarning 
ma’muriyatchiligi 
mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig’iluvchanlik darajasi yetarli 


106 
emasligi, shuningdek, ko’chmas mulk va yer uchastkalarini to’liq hisobga olish va 
qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi[58] bilan belgilanadi. 
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini 
soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga 
oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda 
Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan 
kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi 
ishlab 
chiqildi. 
Ushbu 
konsepsiyada 
quyidagi 
omillarni 
takomillashtirishga asosiy e’tibor qaratildi: 
– iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq 
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo’yicha soliqlarni 
to’laydigan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi soliq yuki darajasidagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish; 
– soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, 
shuningdek, o’xshash soliq solish bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birlashtirish, soliq 
hisobotlarini 
qisqartirish 
va 
soddalashtirish, 
operatsion 
xarajatlarni 
minimallashtirish; 
– makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O’zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash; 
– soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-
huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq 
to’lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish; 
– soliq solish masalalarini tartibga soladigan havoyi normalar va qonun osti 
hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining 
barqarorligini hamda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining 
to’g’ridan-to’g’ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash; 


107 
– xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, 
ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; 
– soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish 
obyektlari hamda soliq to’lovchilarni yanada to’liq qamrab olish va hisobini 
ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog’liq 
operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish, bosh maqsad sifatida belgilab 
berildi. 
Bir so’z bilan aytganda soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda 
xufiyona aylanmani qisqartirish va O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini 
takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo’nalishlarini hayotga tadbiq etish 
bugungi kundagi dolzarb vazifadir. Shu o’rinda, soliq ma’muriyatchiligini 
takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l 
xaritasi”ni tadbiq etilishi, xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat soliq xizmati 
organlarida qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari sifatida hisobga olish tartibi va 
tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash 
mexanizmlarini takomillashtirilishi muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu masalalar yechimini topilishi pirovard natijada raqobatbardosh ishlab 
chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliqqa tortish va bojxona-tarif tizimini 
tartibga solish samarali tizimini shakllantirish, qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash 
va to’lashning amaldagi tartibidagi nomutanosibliklarga barham berish, barcha 
xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlarni ta’minlashda qo’shilgan 
qiymat solig’ining to’laqonli zanjirini yaratishga xizmat qiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling