Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
ikkinchidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va 
ma’lumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya 
qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha 
davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlamayapti; 
uchinchidan, ko’pchilik davlat xizmatlarini ko’rsatishning tartib-taomillari 
murakkab va foydalanish uchun qiyin bo’lib qolmoqda, narxni shakllantirish 


90 
mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” 
xizmatlar ko’rsatishga talablar belgilanmoqda; 
to’rtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past 
darajada ekanligi, qog’oz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz 
moliyaviy xarajatlarga, fuqarolar ko’p vaqt kutib qolishi va navbatlar yuzaga 
kelishiga hamda oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga 
olib kelmoqda; 
beshinchidan, davlat xizmatlari ko’rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida 
masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini o’rganish orqali nazorat qilish 
va 
sifatini 
baholashning 
ta’sirchan 
tizimi 
mavjud 
emas. 
Yuqorida qayd etilgan omillar aholining davlat xizmatlaridan keng 
foydalanishini ta’minlash, ularni ko’rsatish bilan bog’liq vaqt va moliyaviy 
xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik 
darajasini oshirish imkonini bermaydi. Shu sababli davlat xizmatlarini ko’rsatish 
samaradorligini 
ta’minlash maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi va O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini 
amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimining 
sifat jihatidan yangi darajaga o’tishini ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 12.12.2017 yildagi “Aholiga davlat xizmatlari 
ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorda davlat xizmatlarini amalga oshirishni yanada 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, bunda 
ko’rsatilgan quyidagi bandlariga alohida e’tibor berishni tavsiya etamiz: 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling