Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Harakatlar strategiyasi –
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Harakatlar strategiyasi –
O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi 81 rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini qabul qilish bo’yicha farmon imzolandi (2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmon). Umuman jamiyatimiz hayoti va taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ushbu hujjat O’zbekiston Respublikasining birinchi rahbari Islom Karimov tomonidan taraqqiyotning yangi yo’nalishi sifatida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlarning nazariy-amaliy poydevori bo’lib xizmat qilayotgan “O’zbek modeli” ning hosilasi desak xato qilmagan bo’lamiz. Chunki, Shavkat Mirziyoyev o’zining nutq va ma’ruzalarida mustaqillik me’mori, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning o’zbek xalqi oldidagi tarixiy xizmatlariga baho berar ekan – Islom Karimov biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, mustaqil O’zbekiston bunyodkori sifatida tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat namunasi bo’lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. Albatta, Islom Abdug’aniyevichning siyosiy merosini qancha ko’p o’rgansak, uning qanday o’lkan xazina ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz bu ibrat maktabiga, uning saboqlariga qayerda, qaysi lavozimda bo’lmaylik, doimo murojaat qilamiz va undan o’zimizga hayotiy dastur, qo’llanma bo’ladigan yangi-yangi fikr va g’oyalar topamiz. Shaxsan men ulug’ Yurtboshimiz asos solgan, dunyoda “O’zbek modeli” deb tan olingan taraqqiyot yo’lini,u kishi rahbarligida amalga oshirilgan barcha- barcha ezgu ishlarni davom ettirishni o’zimning muqaddas burchim va vazifam deb bilaman[4; 41-42-б.] – deb, keltirib o’tishida ham ko’rishimiz mumkin. Tanqidiy tahlil natijalari, mamlakatimizning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan holatlar mavjudligini ham ko’rsatmoqda: 1) odamlarning o’z kasbi va qiziqishiga mos keluvchi ish joylarining yetarlicha yaratilmaganligi, ya’ni ishsizlikning tugatilmaganligi; 2) odamlarning yaxshi yashashlari, samarali mehnat qilishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan o’y-joylar, to’yimli oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik 82 suvi, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlanmaganligi va boshqa madaniy-maishiy shart-sharoitlarning to’liq qoniqarli darajada yaratilmaganligi; 3) inson salomatligini saqlash uchun yetarlicha shart-sharoitlar: dori- darmonlarning haddan tashqari qimmat narxlarda sotilishi, tez yordam sohasi xodimlarining yetarli darajada faoliyat yuritmasligi, joylarda malakali shifokor mutaxassislarning yetishmasligi, ta’magirlikning avjga chiqishi; 4) har bir insonning tabiiy yashash va shaxsiy huquq va burchlarini og’ishmay bajarishi, ularni buzuvchilarga nisbatan murosasiz kurash olib borish borasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va ularning xodimlari tomonidan o’z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilishi, g’ayriqonuniy ishlar sodir etishi, ayniqsa adolat mezonlari ataylab buzish holatlarining mavjudligi; 5) sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, axborot texnologiyalari kabi sohalarda ishlarni tashkil etish borasida mutasaddilar tomonidan belgilangan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarmaslik, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’yish, amal sehriga berilib oyog’ining yerdan uzilishi, oddiy odamlarni mensimaslik kabi holatlarning odatiy tusga kirib qolishi; 6) ilm-fanni rivojlantirishda haqiqiy olimning ijodiy mehnatini qadrlamaslik, o’zini hammuallif sifatida tiqishtirish, jonkuyar tashkilotchi olimlar ustidan har xil ig’volarni uyushtirish, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish o’rniga, yuzsizlarcha ta’magirlik qilish; 7) o’zining beburdligini yashirish maqsadida davlat rahbaridan yoki o’zining boshlig’idan “xudo yasab” uning oldida tilyog’lamachilik qilish, laganbardorlik bilan shug’ullanish, orqasidan esa “tosh otish”; 8) o’zini boqayotgan xalqning nonini yeb dardiga quloq solmaslik, uning tuzlig’iga tupurish, oddiy dehqon yoki ishchi, xizmatchini mensimaslik, eng yomoni sotqinlik yo’liga kirib, pinhona tarzda, ko’z bo’yamachilik bilan xalq boyligi o’zlashtirib – “yuvib” olish, kezi kelganda esa uning “yalovbardor”iga aylanishi; 9) ayrim mutasaddilarning boylik va amal sehriga berilib, korrupsiya balosiga giriftor bo’lganligi kabilarni kiritish mumkin. Mana shunday xato va kamchilliklarni o’z vaqtida joyida bartaraf etmasdan turib, mamlakatimizni yangi sifatiy taraqqiyot 83 bosqichiga olib chiqish mumkin emas. Bu esa o’z navbatida oldimizga bosib o’tilgan yo’l va orttirilgan tajribani xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini qo’ydi[57; 364- 365-б.]. Bir so’z bilan aytganda O’zbek xalqi mustaqillik yillarida tinimsiz mehnat qilib mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirish borasida olamshumul yutuqlarni qo’lga kiritdi. Biroq, globallashuv jarayoni erishgan marralarni, yo’l qo’yilgan kamchilliklarni muntazam ravishda tahlil qilish, yaqin va uzoq kelajakda qilinadigan ishlarni puxta o’ylangan rejalar asosida olib borishni talab qiladi. Zero, hayot doimo o’zgarish va rivojlanishdan iboratdir. Uni anglab yetish har bir xalq va millat uchun hayot falsafasi demakdir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling