Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
VII-BOB. HARAKATLAR STRATEGIYASI – O’ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHI ASOSI 77 tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli o’zgarish, bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga o’tish. Rivojlanish natijasida obyektning – tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning ikki shakli mavjud: obyektning sekin asta sodir bo’luvchi miqdor o’zgarishlari bilan bog’liq evolyutsion rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat o’zgarishlaridan iborat inqilobiy rivojlanish evolyutsion rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga o’tishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yo’li bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga o’tishini bildiradi. Evolyutsion rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talofatlarsiz o’tishiga imkon beradi. Bunday o’tishda muayyan vaqt zarur bo’ladi. Inqilobiy rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yo’q qilinib, keskin sifatiy o’zgarishlar amalga oshiriladi. Hozirgi zamon fanida rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochiziqli, sakrashsimon o’zgarishlar bayon qilinadi[49; 187-б.]. Umuman olganda rivojlanishning har qanday tipida ijobiy, progressiv sifatlar jamlanib boradi. Biroq ayrim hollarda yangi vujudga kelgan sifat regressiv xarakterda bo’lishi ham mumkin, shunga qaramasdan rivojlanishda umumiy progressiv yo’nalish saqlanib qoladi. bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Strategiya, bu – strategik fikrlash, chuqur bilim va intuisiya asosida muhitni, kelgusi shartlarning mavjud prognozlarini tizimli tahlil qilish natijasidir. Ushbu tahlilning yakuniy maxsuli bu uzidan avvalgi prognoz, vazifa, nuqtai nazar, ustuvorliklar va uzoq muddatli maqsadlar va vazifalarni qamrab oluvchi rasmiylashtirilgan strategiya bo’lib, uning qonunga muvofiq amalga oshirilishini Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling