Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
birinchidan, jamoatchilik nazorati jamiyat a’zolarining manfaatlari va 
ehtiyojlarini umumiy ijtimoiy irodaga jipslashtirgan holda jamiyat yoki uning 
alohida institutlariga ta’sir ko’rsatish shakli sifatida namoyon bo’ladi;
 
ikkinchidan, jamoatchilik nazorati turli ijtimoiy guruhlar manfaatini 
muvozanatlash va bu manfaatlarning o’zaro to’qnashuviga yo’l qo’ymaslikning 
asosiy vositasi hisoblanadi;
 
uchinchidan, eng dolzarb masalalarni hal etishda jamiyatning istak va 
intilishlarini birlashtirish hamda muvofiqlashtirishning usuli hisoblanadi; 
 
to’rtinchidan, jamoatchilik nazorati ijtimoiy me’yorlarning bajarilishini 
kafolatlaydi, qonunbuzarliklarni aniqlab, ularni qoralashdan, to majburiy choralar 
qo’llashni ta’minlashgacha bo’lgan faoliyatni amalga oshiradi; 
 
beshinchidan, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish har qanday jamiyatga 
xos bo’lgan vakolat bo’lib, uning asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. 


72 
Jamoatchilik nazorati ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida: oilaviy 
munosabatlar, madaniyat, an’analar, axloqiy munosabatlar, shuningdek, davlat 
hokimiyatini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida amal qilishi mumkin. 
Jamoatchilik nazoratining bunday turi ko’p jihatlari bilan boshqalaridan farq qiladi. 
Jumladan, jamoatchilik nazorati o’z funksional vazifasi, amalga oshirilish shakli, 
ijtimoiy-huquqiy tabiati bilan davlat nazoratidan farq qiladi.
Jamoatchilik nazorati organlari o’zlariga bevosita berilgan alohida vakolatga 
ega emas. Ular, odatda, davlat organlari orqali yoki ijtimoiy fikrga tayangan holda 
harakat qilishadi. Bu jamoatchilik nazorati subyektlari ham huquqiy, ham ijtimoiy 
nazorat mexanizmlaridan teng ma’noda foydalanishlari mumkinligini ifoda etadi. 
Dastlabki holatda jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlari yoki mansabdor 
shaxslar tomonidan yo’l qo’yilgan qonunbuzarlik aniqlangan taqdirda huquqiy 
mexanizmlardan foydalanadi.
Muxtasar qilib aytganda Davlat nazorati va jamoatchilik o’rtasidagi o’zaro 
chambarchas aloqadorlik nazoratning bu ikki turi bir-birining o’rnini egallay 
olmasligini ko’rsatadi, ayni vaqtda, nazoratning yagona maqsadi yo’lida o’zaro 
ta’sirlashishni ta’minlaydi. Ushbu aloqadorlik davlat hokimiyati, uning markaziy 
idorasi va fuqarolar o’rtasidagi nizolarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Davlat 
organlari o’z faoliyatida ko’pincha jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan 
berilgan ma’lumotlardan foydalansa, jamoatchilik nazorati o’z vazifasini davlatning 
tegishli organlariga murojaat etish orqali bajaradi. Davlat va jamoatchilik nazorati 
o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik jamiyat va hokimiyatga davlat boshqaruvi sohasida 
mavjud bo’lgan va yechimini kutayotgan ziddiyatlar to’g’risida obyektiv ma’lumot 
olishga hamda ularning maqbul yechimini topishga xizmat qiladi. Bu esa fuqarolik 
jamiyati va demokratik davlatchilikning ehtiyojlariga javob beradigan davlat 
organlari tizimini rivojlantirishning yangi yo’llarini izlab topish va mavjudlarini 
takomillashtirishga yordam beradi. 
 


73 
Mamlakatni 
boshqarish 
tizimini 
demokratlashtirishning muhim mexanizmlaridan 
biri bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining 
ochiqligini 
ta’minlashdir. Bu jarayonning huquqiy asosi 
Konstitutsiyamiz va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to’g’risida”gi qonunda mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu hujjatlarda ular 
faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan qoidalar belgilab berilgan. 
Ayniqsa, 2014 yili qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonun bilan axborotdan foydalanuvchilarning 
ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalanishi kafolatlangan, unda faoliyat 
ochiqligini ta’minlashning shakl va uslublari, davlat organlari va jamiyat o’rtasidagi 
o’zaro axborot almashishning aniq mexanizmlari ko’rsatilgan.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to’g’risida”gi 
Qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad: 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling