Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risidagi axborotdan ochiq foydalanishini ta’minlash; – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta’minlash; – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyatini oshirish; – ushbu faoliyat to’g’risidagi axborotni keng ommaga tarqatish tartibini belgilashni tashkil etadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari 4 ta bo’lib, ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o’z vaqtida berilishi va ishonchliligi, ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi, mazkur organlar faoliyati to’g’risida axborot taqdim etishda fuqarolarning o’z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o’z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlari 74 yuridik shaxslarning o’z ishchanlik obro’sini himoya qilishga bo’lgan huquqlariga rioya etishga asoslangan. Jamiyat taraqqiyotini siyosiy tizim elementlari: davlat, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, mahalla, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zaro hamkorligisiz tasavvur etish qiyin. Chunki, ular o’z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqqan holda doimo bir-biri bilan hamkorlik qiladi hamda shu asosda rivojlanadi. Ijtimoiy sheriklik – yuqoridagi subyektlar o’zaro hamkorligining nisbatan zamonaviy shakli hisoblanadi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichiga kelib davlat bilan nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasidagi samarali hamkorlikka alohida ehtiyoj sezilmoqda, uning yangi va zamonaviy shakllari, usullari hamda ko’rinishlari paydo bo’lmoqda. Ulardan biri – ijtimoiy sheriklikdir. Ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy sheriklik tushunchasining quyidagicha talqinlarini uchratish mumkin: Ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining alohida shakli bo’lib, bu munosabatlarda hokimiyat tizimi, kasaba uyushmalari va ish beruvchi tashkilotlar birlashmalari hamda tadbirkorlik sohasi subyektlari ishtirok etadi[23; 21-б.]. Ijtimoiy sheriklik – bu muayyan munosabatlar tizimi bo’lib, jamiyatdagi turli qatlamlar, ijtimoiy-siyosiy guruhlarning o’zaro manfaatli aloqalaridir[37; 129-б.]. Ijtimoiy sheriklikning nisbatan to’liq va mukammal talqini quyidagi ta’rifda o’z ifodasini topgan: Ijtimoiy sheriklik – bu mehnat sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning eng taraqqiy etgan, zamonaviy shakli bo’lib, ishchilar, ish beruvchilar, davlat hokimiyati organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari va boshqa institutlar tomonidan jamiyat hayotining muhim ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy sohasida maqsadga muayyan maqsadga erishish uchun o’zaro manfaatli shartlar asosidagi kelishuv hisoblanadi[55; 19-б.]. Umuman olganda ijtimoiy sheriklik – o’zaro hamkorlikning yangi va zamonaviy shakli bo’lib, bunda o’zaro munosabatga kirishayotgan subyektlarning Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling