Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana12.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#105372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Topics 12-14


1

13 - MAVZU: FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH VA

RIVOJLANTIRISH. AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO’Z

ERKINLIGINI TA’MINLASH

REJA:

1.

FUQAROLIK  JAMIYATI  INSTITUTLARI  TUSHUNCHASI, UNING

MA’NO VA MAZMUNI.

2.

KO‘PPARTIYAVIYLIK



DEMOKRATIK  JAMIYAT  BARPO

ETISHNING MUHIM SHARTI.

3.

MAMLAKATIMIZNI  DEMOKRATIK  YANGILASH  JARAYONIDA

FUQAROLIK 

INSTITUTLARINING 

ROLI 

VA 

AHAMIYATINING

KUCHAYTIRILISHI.

4.

AXBOROT 

ERKINLIGINI 

TA’MINLASH 

TUSHUNCHASI,

MAZMUN-MOXIYATI,  AXBOROT  RESURSLARIDAN FOYDALANISH

MEHANIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH.

“Fuqarolik  institutlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  hozirgi  kunda  demokratik

qadriyatlar,  inson  huquq  va  erkinliklari  hamda  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishning

muhim  omiliga  aylanmoqda,  fuqarolarning o‘z  salohiyatlarini  ro‘yobga  chiqarishi,

ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit

yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”.

Islom Karimov

Kalit  so‘zlar: fuqarolik  jamiyati,  fuqarolik  institutlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,

jamoat  tashkilotlari,  ko‘ppartiyaviylik,  siyosiy  partiyalar,  assotsiatsiyalar,  uyushmalar,

markazlar,  milliy-madaniy  markazlar,  klublar,  jamg‘armalar,  ijtimoiy  sheriklik,  kuchli  davlat,

kuchli fuqarolik jamiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari,



1- savol. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.

O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  islohotlarning  bosh  maqsadi

erkin  bozor



munosabatlariga  asoslangan  ochiq,  huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  adolatli  fuqarolik

jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish,

mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

Fuqarolik  jamiyati  muayyan  hududda  yashovchi,  erkin  va  ozod  kishilardan  iborat  aholi,

millat  va  xalqning  yashash  tarzini  anglatadi. Fuqarolik  jamiyati  demokratiyaga  asoslangan

davlatchilik  sharoitida shakllanadigan  va  rivojlanadigan  ijtimoiy  muhitdir.  Fuqarolik jamiyati

shunday  ijtimoiy  muhitki,  bunda  fuqarolar  o‘zaro  hamkorlik  asosida  ijtimoiy  va  boshqa

ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.

Fuqarolik  jamiyati  shakllanishining  umumiy jihatlarini  quyidagilar  tashkil  qiladi:

birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy

mulk  egalari  hisoblanadi.  O‘rta  mulkdorlar  sinfi – jamiyat  umumiy  aholisining  ko‘pchiligini

tashkil 


qiladi. 

Binobarin,

xususiy 

mulk


fuqarolik 

jamiyati 

shakllanishi 

va

funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.



2

Fuqarolik  jamiyati  amal  qilishining  ikkinchi  muhim  omili  erkin  bozor  iqtisodiyotidir.

Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng

imkoniyatlar yaratilishi mumkin.

Fuqarolik  jamiyatining    uchinchi  muhim  belgisi  quyidagilardan  iborat:  har  qanday

demokratik  davlat  fuqarolarning  ehtiyojlari  va  manfaatlarini  yuqori  darajada  qondirib  borishni

nazarda  tutadi.  Ammo  hozirgi  zamonning  o‘ta  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi

sharoitida  davlat  tashkilotlarining  fuqarolar  ehtiyojlari  va  manfaatlarini  aniqlash,  ulardan

xabardor  bo‘lish  imkoniyati  tobora  qiyinlashib  bormoqda.  Bu  muammoni  bartaraf  etishning

yagona  yo‘li – davlat  tashkilotlarining  jamiyat  hayotini  boshqarib  borishdagi  ko‘plab

funksiyalarini  bosqichma-bosqich  nodavlat  tashkilotlar,  birlashmalarga  ya’ni  fuqarolik  jamiyati

institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.

O‘zbekistonda jamiyat  hayotini  demokratlashtirish  hamda  fuqarolik  jamiyatini  barpo

etishda  fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar -

ko‘ngilli  ravishda  tuzilgan,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  amal  qiladigan  nodavlat

tipidagi  tuzilmalar  (birlashmalar,  tashkilotlar,  assotsiatsiyalar,  uyushmalar,  markazlar,  klublar,

jamg‘armalar  va  b.)ning    faoliyatini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Mazkur  tuzilmalar  jamiyat

hayotining  barcha  sohalarida  faoliyat  ko‘rsatadi.  Ular  faoliyatining  kuchayishi, o‘z  navbatida,

fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.

O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlari  sifatida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  nodavlat

notijorat  tashkilotlari,  jamoat  birlashmalari,  turli  sohalar  bo‘yicha  markazlar,  jamg‘armalar,

assotsiatsiyalar,  siyosiy  partiyalar,  harakatlar,  diniy  tashkilotlar  bo‘lib,  ular,  mamlakatimizda

fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-

siyosiy  faolligini  oshirishda,  hamda  ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi  ishtirokini  ta’minlashda

muhim rol o‘ynaydi.

Kuchli  davlatdan – kuchli  fuqarolik  jamiyatiga  bosqichma-bosqich  o‘tib  borish

jarayonida,  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  manfaatlarini,  qiziqishlarini  qondirib  borishda  davlat

tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli

kattadir.

Fuqarolik  jamiyatiga  yaqinlashgan  sari  boshqaruvning  ko‘plab  funksiyalari  davlat

tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan

shaxs  muayyan  nodavlat  va  jamoat  tashkiloti  orqali  jamiyat  boshqaruvida  faol  qatnashadi.  Shu

asnoda  jamiyat  o‘zini  o‘zi  boshqarib  boradi.  Bu  jarayonda  qaysidir  shaxs,  hokim  yoki  rahbar

xohish-irodasi,  hukmronligi  yoki  muruvvati  bilan  emas,  balki  demokratiyaga  asoslangan,

fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiy

faoliyat asosini tashkil qiladi.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatining  asl  mohiyati:    unga  a’zo  bo‘lgan  kishilar,

shaxs,  ijtimoiy  guruhlar,  kasb–kor  egalarining  tub  manfaatlarini,  hayotiy  ehtiyojlarini,  amal

qilish  mazmuniga  mos  holda  qondirib  borishdan  iboratdir.  NNTlarning  har  qanday  faoliyati,

o‘tkazadigan ommaviy  tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.

Hozirda, O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  shakllanishi  va  rivojlanishi

uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishdan  asosiy  maqsad    jamiyat  a’zolarining

manfaatlari  o‘rtasidagi  muvozanatni  ta’minlash  va  himoya  qilishdan  iborat.  Fuqarolik  jamiyati

institutlari  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  fuqarolarning  o‘zligini  anglashga,  ijtimoiy  munosabatlarda

o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni

nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.

Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari

va  jamoat  birlashmalari  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  davlat  muassasalaridan  farq  qiladi.  O‘zbekiston

Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat

notijorat  tashkiloti”  tushunchasiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “Nodavlat  notijorat  tashkiloti –

jismoniy  va  (yoki)  yuridik  shaxslar  tomonidan  ixtiyoriylik  asosida  tashkil  etilgan,  daromad



3

(foyda)  olishni  o‘z  faoliyatining  asosiy  maqsadi  qilib  olmagan  hamda  olingan  daromadlarni

(foydani)  o‘z  qatnashchilari  (a’zolari)  o‘rtasida  taqsimlamaydigan  o‘zini  o‘zi  boshqarish

tashkilotidir”



1

.

“Nodavlat  notijorat  tashkiloti  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  huquqlari  va  qonuniy

manfaatlarini,  boshqa  demokratik  qadriyatlarni  himoya  qilish,  ijtimoiy,  madaniy  va  ma’rifiy

maqsadlarga  erishish,  ma’naviy  va  boshqa  nomoddiy  ehtiyojlarni  qondirish,  xayriya  faoliyatini

amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi”

2

.



Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyati  institutlari  sifatida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  nodavlat

notijorat  tashkilotlari  3-sektor  deb  ham  yuritiladi.  1-sektor  davlatga  qarashli  bo‘lgan

muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim

muassasalari  kabilar  shular  jumlasidandir),  2-sektor  esa  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  yo‘nalishlarda

faoliyat  ko‘rsatuvchi  davlat  va  nodavlat  tashkilotlari(masalan,  birlashmalar,  kichik  va  o‘rta

biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan

tortib o‘rta va kichik korxonalar,  kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli

xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.

Nodavlat  va  jamoat  birlashmalari  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  sifatida  fuqarolar

manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki

fuqarolik  institutlari  orqali  amalga  oshirishi  mumkin.  Fuqarolar  o‘z  manfaatlarini  qonun

ustuvorligiga  asoslangan  tarzda  himoya  qila  olsagina  hayotdan    qoniqib  yashaydi,  o‘zi

yashayotgan  jamiyatni  adolatli  deb  biladi.  Bugungi  kunda  O‘zbekistonda  ijtimoiy  adolat

tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat

birlashmalarining  roli  beqiyosdir.  Aynan  mana  shu  nodavlat  va  jamiyat  tashkilotlari

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident

Islom  Karimov:  “Ochiq  va  kuchli  fuqarolik  jamiyatini  bugungi  kunda  aholining  turli  ijtimoiy

guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat

tashkilotlar,  erkin  ommaviy  axborot  vositalari  va  boshqa  fuqarolik  jamiyati  institutlarining

rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi,”



3

– deb bejiz aytmagan.

Yuqorida  bildirilgan  fikr-mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  nodavlat  va  jamoat

tashkilotlarining  faoliyati  jamiyatda  qanchalik  yuqori  darajada  bo‘lsa,  fuqarolarning  ulardagi

ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to‘laroq amal

qilib boradi.

Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal

qiladigan  nodavlat  tipidagi  tuzilmalar -birlashmalar,  tashkilotlar,  assotsiatsiyalar,  uyushmalar,

markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning  faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkur

tuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiya

va  turmush  tarzi  kabi  sohalarida faoliyat  ko‘rsatadi.  Ular  faoliyatining  kuchayishi,    o‘z

navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.

Ushbu  tashkilotlarning

o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlari

tomonidan  tashkil  qilinadi  va  mavjud  qonunlarga  amal  qilgan  holda  davlat  tashkilotlari

tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari    davlatga  qarashli  bo‘lmagan,  ammo  ma’lum  qonun-

qoidalar  va  me’yoriy  hujjatlarga  bo‘ysungan  holda  faoliyat  ko‘rsatadigan  tuzilmalar,  ya’ni

nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, jamoat fondlari kabilarni

o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. –Т.: Adolat,



1999. 11-bet.

2

O’sha asar.



3

Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqillik taraqqiyot yo’li. Т.: O’zbekiston, 2007. 36-bet.



4

1)  aholining  ayrim  yoki  muayyan  yirik  toifalarining  ijtimoiy  manfaatlarini  ko‘zlab

ishlashga  ixtisoslashgan,  hukumatga  qarashli  bo‘lmagan  umummilliy  tashkilotlar.  Bunday

tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nogironlar”

uyushmasi,  “O‘zbekiston  ekologik  harakati”,  “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati  kabi

tuzilmalar kiradi;

2)    ixtisoslashgan  milliy  va  xalqaro  jamg‘armalar:  “Ekosan”,  “Sog‘lom avlod  uchun”,

“Amur  Temur”,  “Matbuotni  demokratlashtirish  va  qo‘llab-quvvatlash”,  “Orolni  qutqarish”

jamg‘armalari,  “Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  madaniyat  va  fan  arboblari  anjumani”  singari

tashkilotlar;

3)    hukumatga  qarashli  bo‘lmagan  huquqni  himoya  qiluvchi  tashkilotlar:  Shaxs

huquqlarini  himoya  qilish  qo‘mitasi,  Inson  huquqlari  va  gumanitar  huquqni  o‘rganish  markazi,

Inson  huquqlarini  himoya  qilish  milliy  markazi,  Huquqiy  yordam  ko‘rsatish  jamiyati  va

boshqalar;

4)  ijodkor  ziyolilarning  milliy  jamoat  tashkilotlari:  yozuvchilar,  rassomlar,  bastakorlar,

arxitektorlar, kinematograflar, shuningdek, sudyalar va advokatlarning jamoat uyugmalari;

5)  milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy (ozchilikni tashkil

etuvchi)  jamoalar  vakillarining  madaniyati,  ma’naviyati,  urf-odatlarini  saqlab  qolish  va

avloddan-avlodga  yetkazib  berish  maqsadida  tuzilgan  tashkilotlar  sanaladi. Respublikamizda

hozirgi  paytda  27  millat  vakillari    tomonidan  tuzilgan  150ga  yaqin  milliy-madaniy  markaz

(MMM)lar faoliyat olib bormoqda;

6)    umummilliy  jamiyatlar  va  jamg‘armalar:  Bolalar,  mehribonlik  uylari

tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, Talabalar jamg‘armalari, “Mehr nuri” jamg‘armasi

kabilar;


7)  ijtimoiy  ahamiyat  va  ijodiy  qiziqishlar  bilan  bog‘liq,  asosan,  ekologiya  masalalari

bo‘yicha  mahalliy  birlashmalar:  sayyohlik  va  badiiy  havaskorlik  klublari,  nogiron  bolalar  ota-

onalarining birlashmalari;

8)  jamoat  muassasalari:  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  markazi,  Jurnalistlarni  tayyorlash

xalqaro jamoatchilik markazi singari hukumatga qarashli bo‘lmagan ijtimoiy muassasalar shular

jumlasidandir.

Fuqarolik  jamiyatining  asosiy  tamoyillari  nodavlat  va  jamoat  birlashmalari  orqali

shakllanadi.  Pirovardida,  jamiyat  hayotida  avtoritar  va  totalitar  boshqaruvga  xos  xususiyatlar

barham  topib  boradi.  Shu  o‘rinda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  davlat  muassasalaridan

farqlanuvchi xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.

Davlat  muassasalarida  xodimlar  muayyan  tartib-qoidalarga  bo‘ysungan  holda,  ma’muriy

yo‘riqnomalar, buyruq va talablar asosida faoliyat yuritadi. Bizningcha, subordinatsiya (o‘zidan

yuqori  turgan  xodimlar,  rahbarga  qat’iy  bo‘ysunish  qoidasi – K.Yu.)  shaxsning  erkin  faoliyat

ko‘rsatishini  muayyan  tarzda  cheklaydi.  Davlat  muassasalarida  ma’muriy-buyruqbozlikka

asoslangan boshqaruv shaxs faolligi, tashabbuskorligiga to‘siq bo‘ladi. Demokratik tamoyillarga

asoslangan,  liberal,  ochiqko‘ngil,  har  qanday  individualizm,  volyuntarizm  va  sub’ektivizmdan

xoli, adolatli, tanqidga bardoshli, har bir masalaga xolis yondashuvchi  rahbarni har bir tashkilot

yoki muassasada uchratish qiyin.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  esa  o‘zlarining  mohiyatiga  ko‘ra,  davlat  tashkilotlaridan

farq  qiladi  va  ularga  ijtimoiy  konstruktivlik,  ya’ni  jamiyat  oldida  turgan  vazifalarni  hal  etishga

yo‘nalganlik  xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma’lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil

topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi. Modomiki,

jamiyat  tub  o‘zgarishlarga  yuz  tutgan  ekan,  fuqarolik  jamiyati  institutlari  ushbu  jarayonlardan

chekkada  tura  olmaydi.  Shu  ma’noda,  ular  jamiyat  muammolarini  bartaraf  etishda  faol  ishtirok

etadi.

Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:



milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;

yurtimizga  qarshi  qaratilgan,  jamiyatimiz  hayotiga  tahdid  soluvchi  buzg‘unchi,  yot



g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini

5

fosh  qilish,    odamlarni  hushyorlik  va  ogohlikka  da’vat  etish,  diniy  ekstremizmga  qarshi

kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;

yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizga



suqilib  kirishga  yo‘naltirilgan    turli    mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  aholining  turli  qatlamlari

o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;



kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsadlar,  yoshlar  orasida

komil  axloq,  o‘zaro  insoniy  munosabatlar,  mehr-muruvvat,  millatlararo  totuvlik,  dinlararo

bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;

Aholi,  ayniqsa  yoshlar  o‘rtasida  sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib  qilish  hamda jismonan



baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

Vatan  ozodligi  yo‘lida  kurashib,  jon  fido  qilgan  buyuk  ajdodlarimizning  ibrati,  o‘tmish



saboqlari,  mustaqillik  yillarida  erishilgan  yutuqlar  tahlili  asosida  odamlar  qalbida  milliy  g‘urur

va  hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo‘lmaslik  tuyg‘usini  kamol  toptirish  kabilar  shular

jumlasidandir.

Fuqarolik  jamiyatini  o‘rganish  instituti  tomonidan  aniqlanishicha,  hozirda    O‘zbekistonda

o‘z  yo‘nalishi  bo‘yicha  faoliyat  ko‘rsatayotgan  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  40  foizi –

ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni himoya qilishga, 14,2 foizi – ayollar va yoshlar muammolarini hal

etishga,  13,6  foizi – sog‘liqni  saqlash,  ta’lim,  ekologiya  sohasiga,  12  foizi  esa  boshqa  ijtimoiy

ahamiyatga molik vazifalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.



4

2005 yilning may oyida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 150 ga yaqin NNT vakillari

tashabbusi  bilan  O‘zbekiston  Nodavlat  notijorat  tashkilotlar  milliy  assosatsiyasi  tashkil  etilgan

bo‘lib, ayni paytda, ushbu tashkilot 450 dan ortiq NNTlarni o‘zida birlashtirgan.

XXI  asrning  ikkinchi  o‘n  yilligi  boshida  qator  arab  (Misr  Arab  Respublikasi,  Tunis,

Suriya,  Yaman,  Liviya,  Bahrayn,  Sudan  kabi)  mamlakatlarida  ijtimoiy  noroziliklar,  xalq

chiqishlari  avj  olib,  ularning  ba’zilarida  fuqarolik  urushi  natijasida  minglab  kishilar  qurbon

bo‘ldi.  Bizningcha,  bu  voqealar  shu  mamlakatlarda  fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatining

cheklanganligi,  aholi  turli  qatlamlarining    ijtimoiy,  ma’naviy,  huquqiy  va  boshqa  manfaatlari

hamda  ehtiyojlarini  qondirilmaganligi  oqibatida  yuz  bermoqda.  Shu  o‘rinda  aytish  lozimki,

demokratiya  fuqarolik  jamiyatining  nafaqat  birlamchi  zaruriyati,  balki  bunday  jamiyatning

shakllanishi va rivojlanishining muhim talabi hamdir.

Rivojlangan G‘arb davlatlarida ko‘plab fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadi.

Ular  jamiyat  hayotining  aniq  bir  muammosi  bilan  shug‘ullanishiga  ko‘ra  farq  qiladi.  Aksariyat

nodavlat  notijorat  tashkilotlari    insonparvarlik  maqsadlarida  tuziladi  va  faoliyat  ko‘rsatadi.

Hattoki,  ularning  ba’zilari  umummilliy,  mamlakat,  halqaro  miqyosda  faoliyat  ko‘rsatish

darajasiga  ham  erishgan.  Ayniqsa,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  tashkil  topgan

fuqarolik  jamiyati  institutlari  bir  mamlakat  doirasidan  chiqib,  xalqaro  miqyosda  faoliyat

yuritmoqda.  G‘arb  davlatlaridagi  “Grin  Pis”  (“Yashillar  harakati”)  kabi  tashkilotlar  shular

jumlasidandir.    Masalan,  hozirda  AQShda  1  milliondan  ortiq  fuqarolik  jamiyati  institutlari

mavjud bo‘lib, har 305 kishi boshiga bittadan to‘g‘ri keladi.

2-savol. Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti

O‘zbekistonda  erkin  bozor  munosabatlariga  asoslangan  ochiq,  huquqiy  demokratik  davlat

va  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishda,  fuqarolarning siyosiy  jarayonlarda,  davlatni

boshqarishda  qatnashuvini  ta’minlashda  siyosiy  partiyalar  faoliyati  va  mamlakatda

ko‘ppartiyaviylikning  amal qilishi muhim rol o‘ynaydi.  O‘zbekistonda ushbu tamoyilning amal

qilishiga milliy mustaqilligimizning dastlabki  yillaridanoq jiddiy  e’tibor  berildi. Xususan, 1992

yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 moddasida:

“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-

4

Qarang: “Milliy tiklanish” gazetasi, 2011 yil 17 avgust.



6

xilligi  asosida  rivojlanadi”



5

– deb,  ko‘rsatib  qo‘yilgan.  Bosh  Qomusimizning  “Jamoat

birlashmalari” deb nomlangan XIII bobining 60 moddasida esa: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa

va  guruhlarning  siyosiy  irodasini  ifodalaydilar  va  o‘zlarining  demokratik  yo‘l  bilan  saylab

qo‘yilgan  vakillari  orqali  davlat  hokimiyatini  tuzishda  ishtirok  etadilar.  Siyosiy  partiyalar  o‘z

faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga

belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar”

6

– deb, belgilab qo‘yilgan.



Hozirda,  O‘zbekiston  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  siyosiy  partiyalarning  roli  tobora  ortib

bormoqda.  Mamlakatimizda  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatining  shakllanib

borishida  mavjud  siyosiy  partiyalarning  faoliyati  yanada  ortib  bormoqda.  “Ijtimoiy-siyosiy  va

iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, - deb ta’kidladi muhtaram

Yurtboshimiz  Islom  Karimov,

-

siyosiy  partiyalarning  rolini  keskin  kuchaytirish,



mamlakatimizni  isloh  etish  va  modernizatsiya  qilish  bo‘yicha  strategik  vazifalarni  hal  etishda

ularning  ishtirokini  kengaytirish  demokratik  islohotlarni  izchil  amalga  oshirishning  eng  muhim

omiliga aylanmog‘i zarur.

Boshqacha qilib aytganda, ko‘p partiyali tizimni mustahkamlash va partiyalararo raqobatni

kuchaytirish – biz  ko‘zlagan  demokratik  davlat  barpo  etishning  eng  muhim  shartlaridan  biriga

aylanishi darkor.”



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling