Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
FAOLIYATINING OCHIQLIGI
69 Davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biridir. Ma’lumki, jamiyat manfaatlarini e’tibordan chetda qoldirish, ba’zi hollarda o’zlariga tegishli vakolatlarni suiiste’mol qilish davlat organlari faoliyatida kuzatiladigan holdir. Davlat aksariyat hollarda o’z hokimiyatini xalq bilan baham ko’rmaslikni ma’qul ko’radi. Bunday salbiy holatning uzluksiz davom etishi davlat institutining asl mohiyatiga putur yetkazadi va u bajaradigan ijtimoiy vazifalarning o’zgarishiga olib keladi. Oqibatda, hokimiyatni cheklash, ya’ni uni nazorat qilishga zarurat tug’iladi. Davlat organlari faoliyatini nazorat qilish ijtimoiy faollik bilan bog’liq. Fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etishining tabiiy va sun’iy omillari mavjud. Inson ijtimoiylashuv jarayonini boshidan kechirar ekan, unda tabiiy ravishda siyosiy jarayonlarda ishtirok etishga ishtiyoq vujudga keladi. Jamiyatdagi muammolarning ko’payishi esa, ijtimoiy faol fuqarolarni yanada dadil bo’lishga undaydi, kundalik muammolarni bartaraf etgan holda umumxalq ahamiyatiga ega bo’lgan masalalarga e’tibor qaratishga jalb etadi. Davlat yetakchiligida “yuqoridan”, xalq vakillari ishtirokisiz amalga oshiriladigan demokratlashtirish hamisha ham jamiyat manfaatlarini ifodalamaydi. Bunday amaliyot salbiy oqibatlarga, jumladan, fuqarolarning inertlashuviga, o’z huquq va manfaatlarini to’liq anglamaslik, ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammolarga qarshi kurashish ko’nikmasining shakllanmasligiga olib keladi. Davlat – jamiyat munosabatlarida yuzaga keladigan bunday murakkabliklarni bartaraf etishning samarali institutlaridan biri bo’lgan jamoatchilik nazorati ilmiy-nazariy yondashuvni talab etadi. G’arb olimlarining qarashlarida jamoatchilik nazorati aksariyat hollarda biror- bir sohada amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. Jumladan, amerikalik sotsiolog Travis Xirski (Travis Hirschi) jamoatchilik nazoratini, asosan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash nuqtai nazaridan talqin qiladi. Unga ko’ra, ijtimoiy Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling