Fuqarolik jamiyatining shakllanishida xususiy mulk qanday ahamiyat kasb etadi?


Download 20.14 Kb.
Sana24.05.2020
Hajmi20.14 Kb.
#109553
Bog'liq
2 mavzu Vazifa.

2- mavzu


VAZIFASI


  1. Fuqarolik jamiyatining shakllanishida xususiy mulk qanday ahamiyat kasb etadi?

  2. Fuqarolik jamiyatining shakllanishida o‘rta qatlamning o‘rni

  3. Fuqarolik jamiyatida xususiy mulkchilik o‘rni qanaqa?

  4. O‘rta qatlam mulkdorlar qatlami qanday shakllanadi?

JAVOBLARNI SAVOLNING TAGIDAN YOZIB YUBORING.


1. Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi (boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi.

Mulk huquqining tushunchasi FKning 164-moddasida belgilangan. Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.

Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga egallik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil etadi. Bu nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy institutidir. Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk huquqi ham, qonun tomonidan boshqarishga vakolat berilgan shaxsning ma’lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir. Ushbu nuqtayi nazaridan u oʻz egasiga – mulkdoriga unga tegishli boʻlgan mulk xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq xoʻjalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

2. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda xalqni davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlashning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda "fuqaro - jamiyat -davlat" tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. CHunki, uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. '"Fuqaro" va "davlat" munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32-moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar54 deb, belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta’minlanadi.

3. FKning 208-moddasiga muvofiq, fuqarolar oʻzlariga tegishli mol-mulkning xususiy mulkdorlaridir va shu sababli ular oʻzlariga qarashli mol-mulkka nisbatan oʻz xohishlariga koʻra qonunga va boshqa huquqiy hujjatlarga zid boʻlmayldigan har qanday harakatlarni sodir etishlari mumkin. Xususiy mulk subyekti sifatida har qaysi fuqaro, ham shaxsiy tarzda, ham umumiy ulushli mulk asoslarida xususiy mulk subyekti sifatida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Fuqarolarning xususiy mulki ishlab chiqarishda ishtirok qilishdan olingan daromadlar, mehnat qilish huquqini boshqa xil tarzda tasarruf etish, tadbirkorlik faoliyati, oʻz xoʻjaligini yuritish va kredit muassasalariga, aksiyalarga va boshqa xil qimmatli qogʻozlarga sarmoya qilingan vositalardan olingan daromadlar, mulkni meros huquqi boʻyicha qoʻlga kiritish va qonunga xilof boʻlmagan boshqa asoslar hisobiga yaratiladi va koʻpaytiriladi.

Amaldagi qonunchilik fuqarolarga, xususiy mulk huquqi asosida ularga tegishli har qanday mulkdan, ham shaxsiy iste’mol uchun, ham tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanish huquqini beradi, mazkur holat fuqarolar huquq layoqatining mazmunida tadbirkorlik faoliyati, shuningdek qonun tomonidan ta’qiqlanmaydigan har qanday faoliyat bilan shugʻullanish huquqi elementlarida oʻz mujassamini topgan. Fuqarolar tadbirkorlik bilan yakka tartibda yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda shugʻullanishlari mumkin (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-7-moddalari). Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkor tomonidan mustaqil tarzda, ishchilarni yollash huquqisiz, mulk huquqi boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk asosida va shuningdek, mol-mulkka egalik qilishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan boshqa xil ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati, yuridik shaxsni tashkil qilmagan holda oila tadbirkorlik shaklida, oddiy shirkat yoki dehqon xoʻjaligi koʻrinishida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlarning xizmatlarning) va ularni sotishdan olinadigan daromadlarning (foydaning) mulkdorlaridir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining qoplanishidan, soliqlar, yigʻimlar va barcha majburiy toʻlovlar toʻlanishidan qolgan daromadlari (foydasi), sud tartibida majburiy tarzda qarzlarni undirish hollaridan tashqari, ularning oʻz xohishi bilan tasarruf etiladi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonunining 20-moddasi).



4.Demokratiyaning mezonlari ko‘p qirrali bo‘lib, unda siyosiy erkinlik, fuqarolik huquqlari, davlat va jamiyat qurilishida, boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishga intilgan, ijtimoiy bahslarga qatnashgan, o‘z hatti-harakatlari, mas’ullik faoliyati bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot beruvchi vakillarni tanlashda qatnashgan va insonlar orasida sabr-toqat va murosa lozimligini tushungan fuqarolar tomonidan qadrlangan taqdirda u doimo rivojlanib, takomillashib boradi. SHu jihatdan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyatni xarakterlovchi muhim mezon mavjuddir. Bular "Jamiyatda, - deb yozadi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat etilishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so‘zlar yo xalqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi."56 Respublikada jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshayotgan o‘zgarishlarni, ana shu uch mezon bo‘yicha demokratik jamiyat farqni qiyosiy tahlil etiladigan bo‘lsa, quyidagi muhim farqni anglash qiyin emas.
Download 20.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling