Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish


Download 1.93 Mb.
bet228/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   324
955-modda. Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish
Sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug‘urta tovonini yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, chunonchi:
sug‘urta shartnomasining amal qilishi sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shu jumladan ushbu Kodeksning 948 va 950-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinganda;
sug‘urta shartnomasi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganda;
sug‘urtalovchi ushbu Kodeksning 951 — 954-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta tovonini yoki sug‘urta puli to‘lashdan ozod qilinganda;
sug‘urtalovchi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida yoxud sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi holatlarini tekshirib ko‘rishga yoki yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga to‘sqinlik qilgani tufayli sug‘urta shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atganida.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni so‘rab murojaat etganlaridan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan e’tiroz bildirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 15 va 15.1-bandlari.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling