Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lash


Download 1.93 Mb.
bet229/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   324
956-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lash
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha, boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha yoki zararni qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qat’i nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga to‘lanadi.
Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlariga to‘lanadigan sug‘urta puli sug‘urtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.
957-modda. Sug‘urta qildiruvchining zarar qoplanishiga bo‘lgan huquqlarining sug‘urtalovchiga o‘tishi (subrogatsiya)
Agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno qiladigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi birinchi xatboshisi.
Sug‘urtalovchiga o‘tgan talab qilish huquqi uning tomonidan sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) va zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchi o‘ziga o‘tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va dalillarni sug‘urtalovchiga berishi hamda barcha ma’lumotlarni unga ma’lum qilishi shart.
Agar sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan o‘zining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki bu huquqni amalga oshirish sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) aybi bilan mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘liq yoki uning tegishli qismini to‘lashdan ozod qilinadi va tovonning ortiqcha to‘langan summasini qaytarishni talab qilishga haqli bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 18 va 19-bandlari.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling