Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi


Download 1.93 Mb.
bet232/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   324
961-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
(961-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bobning qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.
(961-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-174-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, “Oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1266-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-iyuldagi 365-son “Ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 631-son “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida”gi Qarori, “Soliq idoralari xodimlarini majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Qoidalar” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 27-fevralda 126-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
[OKOZ:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling