Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganda zararning o‘rnini qoplash


Download 1.93 Mb.
bet252/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   324
1008-modda. Voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganda zararning o‘rnini qoplash
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxs mayib bo‘lib qolgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan taqdirda zarar yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sog‘liqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchi o‘n to‘rt yoshga to‘lganda, shuningdek o‘n to‘rtdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs jabrlanuvchiga sog‘liqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlardan tashqari, shuningdek uning mehnat qobiliyati yo‘qotilganligi yoki kamayganligi bilan bog‘liq zararni qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart.
(1008-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar voyaga yetmagan shaxs sog‘lig‘iga shikast yetkazilguniga qadar ish haqi (daromad)ga ega bo‘lgan bo‘lsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqib, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
(1008-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sog‘lig‘iga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyati boshlanganidan so‘ng zarar uchun to‘lanayotgan haqni u oladigan ish haqi (daromad) yoxud unga lavozimi bo‘yicha belgilangan haq miqdoridan yoki u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqib, ko‘paytirishni talab qilishga haqli.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling