Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli


Download 1.93 Mb.
bet291/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   324
1106-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berish haqidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
(1106-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Yozma shaklga va ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2022-yil 31-martdagi 8-mhson buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni o‘tkazish va mulkiy huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari”.
1107-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to‘xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs tayyorlab qo‘yilgan tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilishi, qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgini tovardan yoki uning idishi va o‘rovidan yo‘qotishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilab qo‘yilgan talablarni bajarishning iloji bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovar yo‘q qilib tashlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling