Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-§. Tovarlar yetkazib berish to‘g‘risidagi davlat kontrakti


Download 1.93 Mb.
bet31/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   324
4-§. Tovarlar yetkazib berish to‘g‘risidagi davlat kontrakti
Oldingi tahrirga qarang.
457-modda. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo‘yicha davlat kontrakti asosida, shuningdek uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan, davlat budjeti va moliyalashning budjetdan tashqari manbalari hisobiga ta’minlanadigan, O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari davlat ehtiyojlari deyiladi.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish borasidagi munosabatlarga ushbu Kodeks 437-456-moddalarining qoidalari ham tatbiq etiladi. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishni tartibga soladigan boshqa qonunchilik tatbiq etiladi.
(457-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-apreldagi O‘RQ-472-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
458-modda. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan davlat kontrakti
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan davlat kontrakti bo‘yicha (bundan buyon matnda davlat kontrakti deb yuritiladi) mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat buyurtmachisiga yoki uning ko‘rsatmasiga binoan mahsulot yetkazib berish shartnomasi asosida boshqa shaxsga shartlashilgan muddatda tovarlar yetkazib berishni, davlat buyurtmachisi esa, yetkazib berilgan tovarlar haqi belgilangan muddatda to‘lanishini ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 397-son “Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling